Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ottava Rossiya uchun Eron dronlarida Kanada detallari qanday paydo bo‘lganini o‘rganyapti
Tryudoning so‘zlariga ko‘ra, Kanada rasmiylari Rossiya tomonidan Ukrainaga qarshi urushda foydalanilayotgan Eronning Shahed-136 UUAga Kanadada ishlab chiqarilgan komponentlar qanday tushib qolganini tekshirmoqda.
Kanada rasmiylari Rossiya tomonidan Ukrainaga qarshi urushda foydalanilayotgan Eronning Shahed-136 uchuvchisiz uchish apparatlarida Kanadada ishlab chiqarilgan komponentlar qanday paydo bo‘lib qolganini tekshirmoqda. Bu haqda 5 dekabr, dushanba kuni Kanada bosh vaziri Jastin Tryudo ma’lum qildi.
Kiyevda joylashgan StateWatch nodavlat tashkilotining 16 noyabr kuni xabar berishicha, Eronning Shahed-136 UUAsida g‘arb firmalariga tegishli 30 dan ortiq komponentlar topilgan. Kiyev ma’lumotlariga ko‘ra, Rossiya bu qurilmalardan «Geran-2» nomi ostida foydalanmoqda.
StateWatch ma’lumotlariga ko‘ra, Shahed-136'ning ichki qismi – Eronda ishlab chiqarilgan dvigateldan tashqari – butunlay xorijiy komponentlardan iborat. Ukraina razvedkasi ishlanmalari dronlarda qo‘llangan 30 dan ortiq Yevropa va Amerika kompaniyalari ishlanmalarini aniqlashga muvaffaq bo‘ldi. Tarkibiy qismlarning aksariyati - Amerikada ishlab chiqarilgan. Servouzatma - Amerikaning HITEC RCD USA kompaniyasiniki, quvvat elementlari - Yaponiyaning Panasonic Corporation'niki, keramik antenna - Kanadaning Tallysman Wireless'niki. Boshqaruv paneli yapon va amerika qismlaridan yig‘ilgan. Quvvat platasi - nemis va xitoy elementlaridan tayyorlangan. Boshqaruv bloki - Rossiyaning "Zapadpribor" kompaniyasiga tegishli, deb ma’lum qildi StateWatch.
«Shubhasiz, biz bu xabarlardan juda xavotirdamiz», dedi Tryudo. «Biz Kanada texnologiyasi Rossiyaning Ukrainadagi noqonuniy urushida» yoki Eronning ushbu urushga qo‘shgan hissasi uchun ishlatilishini xohlamaymiz, deya qo‘shimcha qildi u.
Shu bilan birga, Kanada bosh vaziri muhim texnologiyalarni eksport qilish bo‘yicha qat’iy cheklovlarga ishora qildi. Tryudoning ta’kidlashicha, Kanada tomoni «Eron hukumati kabi birovning qo‘liga tushmasligi kerak bo‘lgan tarkibiy qismlar aslida u yerda qanday qilib paydo bo‘lib qolganini» aniqlashga harakat qiladi. Vazirlar mahkamasi rahbari qo‘shimcha qilishicha, Tallysman Wireless tergov bilan «to‘liq hamkorlik qilmoqda».
Kanada 2 dekabr kuni Eron yuridik va jismoniy shaxslariga qarshi sanksiyalarni kengaytirdi. Jazo choralari, xususan, Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi (IIQK) kooperativ jamg‘armasining shu’ba korxonasi bo‘lgan Baharestan Kish Company'ga ta’sir ko‘rsatdi, u Shahed jangovar dronlari uchun komponentlarni ishlab chiqishda yordam beradi, Eronning Safiran Airport Services yuk aviakompaniyasi rus harbiy samolyotlari bortida dronlar yetkazib berishni muvofiqlashtiradi. Hammasi bo‘lib, to‘rtta jismoniy va beshta yuridik shaxs Kanadada inson huquqlarini buzganlik, tinchlik va xavfsizlikni beqarorlashtirganlik uchun yangi sanksiyalarga duchor bo‘ldi.
Tashqi ishlar vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, shu kungacha Kanada 99 nafar shaxs va 181 ta Eron tashkilotiga, jumladan, IIQK hamda rejimning iqtisodiy, xavfsizlik va razvedka apparatiga qarshi sanksiyalar kiritgan.
Noyabr oyi o‘rtalarida Kanada IIQK aerokosmik kuchlari bilan bog‘liq bo‘lgan va Shahed seriyali dronlarini, xususan, Shahed-136'ni ishlab chiqarish bilan shug‘ullanuvchi Shahed Aviation Industries kompaniyasiga qarshi sanksiyalarni ma’qulladi.
Mavzuga oid
09:13
«Bibi, ehtiyot bo‘l, aks holda mutlaqo yolg‘iz qolasan» – Trampning chaqiriqlardan keyin Isroil va Eron to‘xtadi
20:34 / 08.06.2026
Xominaiy o‘ldirilgach, Rossiyada Putinni qo‘riqlash uchun yaratilgan kuzatuv tizimi o‘chirib qo‘yildi
10:45 / 08.06.2026
Tramp Eron bo‘yicha yangi shartlarni ochiqladi
09:20 / 08.06.2026