Jahon | 08:52 / 07.12.2022
5985
2 daqiqa o‘qiladi

Rossiyada Instagram'ning mahalliy kloni ishga tushirildi

Davlat puli evaziga yaratilgan Looky servisi rossiyaliklar uchun rasmiylar tomonidan bloklangan Instagram o‘rnini egallashi kerak.

Foto: Getty Images

Rossiyada 6 dekabr, seshanba kuni Looky ijtimoiy tarmog‘i ishga tushirildi, uning yaratuvchilari fikriga ko‘ra, rossiyaliklar uchun Rossiyada bloklangan Instagram o‘rnini egallashi kerak. Loyihaga kiritilgan sarmoyalar 160 million rublni (taxminan 2,5 million yevro) tashkil etdi va RBK ma’lumotlariga ko‘ra, mablag‘larning katta qismi Rossiya davlati tomonidan ajratilgan.

Looky yaratuvchilari, o‘z veb-saytidagi ma’lumotlarga ko‘ra, o‘z mahsulotlarini «VPN'dan doimiy foydalanish va cheklangan ijodkorlikdan charchaganlar»ga taklif qiladi. Rossiyalik Instagram foydalanuvchilari VPN'dan foydalanishga majbur, chunki servis Roskomnadzor tomonidan bloklangan. Looky Instagram'dagi shaxsiy sahifadagi barcha kontentni, jumladan, foydalanuvchi nomini bir marta bosish orqali yangi ijtimoiy tarmoqqa o‘tkazish mumkinligini va’da qilmoqda.

«Biz 2024 yilga borib rossiyalik Instagram foydalanuvchilarining kamida 10 foizini jalb qilishimiz mumkin», dedi loyiha rahbari Yegor Yakovlev taqdimotda. Shu bilan birga, Yakovlev asl Instagram'da bo‘lmagan «yangi xususiyatlarni» e’lon qildi. Hozircha, yagona farq tashqi havolalarni to‘g‘ridan to‘g‘ri postlarda nashr qilish imkoniyatidir (Instagram'da ularga faqat profil sarlavhasida va hikoyalarda ruxsat berilgan).

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid