Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
NASA rahbari AQSh va Xitoy o‘rtasida koinot poygasi boshlanganini e’lon qildi
Ikki davlat Oyga egalik qilish uchun kurashadi.
AQSh va Xitoy o‘rtasidagi Oy uchun poyga keskinlashmoqda. Bu jangda g‘olib esa yaqin ikki yil ichida aniqlanadi. Bu haqda NASA rahbari Bill Nelson bayonot berdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Pekin Oyda o‘z o‘rnini egallash, resurslarni o‘zlashtirish va hatto Vashingtonning u yerga borishiga to‘sqinlik qilish imkoniyatiga ega.
«Bu haqiqat, biz koinot poygasidamiz», dedi Nelson. «Ilmiy tadqiqot niqobi ostida ular Oyning qandaydir qismini egallab olishi, bu joydan uzoq turing, bu bizning hududimiz, deyishi ham mumkin».
NASA rahbarining bayonoti Artemida II loyihasi doirasida ekipajsiz Orion kosmik kapsulasi Yer sun’iy yo‘ldoshi atrofini aylanib o‘tganidan keyin sodir bo‘ldi. Ushbu missiya allaqachon eng muvaffaqiyatlilaridan biri sifatida tan olingan. Bu NASA astronavtlarining muntazam ravishda Oyga qo‘ndirish rejalaridagi birinchi qadam bo‘lishi kutilmoqda. Bu 2025 yilda sodir bo‘lishi mumkin.
O‘z navbatida, oktyabr oyi oxirida Pekin orbitada Tyangun kosmik stansiyasini yig‘ishni yakunladi. Bir oy o‘tgach, taykonavtlar kosmosga uchirildi. Dekabr oyi o‘rtalarida esa Xitoy 20 yillarning oxiriga borib, o‘z astronavtlarini Oyga qo‘ndirmoqchi ekanini e’lon qildi. Pekin bu bilan to‘xtab qolmaydi va koinotda to‘laqonli infratuzilma yaratishni ko‘zlamoqda.
Noyabr oyida Xitoyning «Shenchjou-15» kosmik missiyasi uchirilganidan so‘ng, AQSh Kosmik kuchlari general-leytenanti Nina Armano: «Ular bizni quvib o‘tishi mumkin», deb tan oldi. «Ular erishgan taraqqiyot hayratlanarli darajada tezdir».
Pentagon Kongressga bergan hisobotida Xitoyning nafaqat Oyning orqa tomoniga qo‘nishga imkon beradigan, balki sun’iy yo‘ldosh yordamida Yer va Oy o‘rtasida aloqa translatsiyasini o‘rnatish imkonini beruvchi texnologiyaga ega ekanini ma’lum qilgan edi.
Mavzuga oid
23:45 / 06.05.2026
Eron yana BAAga raketa otdi: Tehron Trampni mensimayaptimi?
21:16 / 06.05.2026
AQSh va Eron mojaroni to‘xtatish bo‘yicha memorandum imzolashga yaqin - OAV
19:21 / 06.05.2026
“Nojo‘ya ta’sirlari haqida yetarlicha ogohlantirishmagan” - AQShda “ozdiruvchi vositalar” ustidan shikoyatlar ko‘paydi
09:52 / 06.05.2026