Fransiya hukumati mamlakatda pensiya yoşini ikki yilga — 64 yoşgaça oşiriş niyatida. 10 yanvar, seşanba kuni Parijda şunga öxşaş rejalarni e’lon qilar ekan, Fransiya boş vaziri Elizabet Born islohotdan maqsad 2030 yilda muvozanatli pensiya tizimini ta’minlaş ekanligini ta’kidladi.

Mavjud defitsitlarning kengayişiga yöl qöyiş «mas’uliyatsizlik» bölardi, deya qöşimça qildi u. Hukumat prognozlariga köra, Fransiya pensiya jamğarmasidagi mablağlar taqçilligi öşa vaqtga kelib 20 milliard yevroni taşkil qilişi mumkin. Prezident Emmanuel Makron pensiya tizimini isloh qiliş orqali saylovoldi kampaniyasidagi asosiy va’dalaridan birini amalga oşirmoqda.

Pensiya yoşini oşiriş bilan bir qatorda, xodimlarning pensiya jamğarmasiga mablağ tölaşining eng kam muddati 43 yilgaça oşirilişi kerak. Bu hozirgaça rejalaştirilganidan tezroq. Şu bilan birga, eng kam pensiya miqdori oyiga 1200 yevrogaça oşadi.

Hukumatning pensiya yoşini oşiriş rejasi kasaba uyuşmalarining keskin tanqidiga uçradi. Bunday harakat «barça işlaydigan» fransuzlarga kuçli zarba beradi, deya ogohlantirdi ular. Kasaba uyuşmalarining hisob-kitoblariga köra, rejalaştirilgan özgarişlar, ayniqsa, mehnat faoliyatini erta boşlagan va umr köriş davomiyligi örtaçadan past bölganlar uçun oğriqli böladi. «Bunday qattiq islohotni heç narsa bilan oqlab bölmaydi», - deydi kasaba uyuşmalari.

«Agar bu Emmanuel Makron uçun eng muhim islohot bölsa, biz uçun bu işçilar huquqlari uçun eng muhim kuraş böladi», dedi Frederik Suyo, Force ouvrière kasaba uyuşmasi vakili. Kasaba uyuşmalari tomonidan uyuştirilgan ommaviy norozilik namoyişlarining birinçisi kelasi haftada, 16 yanvardan boşlab Fransiyada bölib ötişi kutilmoqda.

Ayni paytda Fransiyada işlaşda davom etayotgan keksalar soni nisbatan kam.

Öng qanot populistik «Milliy ittifoq» partiyasi tarafdorlari ham pensiya islohotini «ortiqça» deb atadi va hozir pensiya jamğarmasi mustahkam zaxiraga ega ekanligini ta’kidladi. Söl siyosatçilar ham islohotni rad etib, uni «ğayriijtimoiy» deb atayapti.

Agar pensiya islohoti parlamentda köpçilik ovozni qölga kirita olmasa, boş vazir konstitutsiyaning 49.3-bandidan foydalanişi mumkin, bu agar hukumatga keyinçalik işonçsizlik votumi çiqarilmasa, qonunni ovoz berişsiz qabul qiliş imkonini yaratadi.