eTIR — yuk taşiş uçun yagona tranzit ruxsatnomasi bölib, tomonlarni ortiqça qoğozlar byurokratiyasidan ozod qiladi. Bu haqda tomonlarga yangi elektron tizimni joriy etişda kömaklaşgan BMT rasmiy sayti xabar qilmoqda.

Raqamli rasmiylaştirilgan yukning ilk partiyasini Özbekiston Ozarboyjonga yetkazib berdi. Avval 4 ta konteynerga joy bölgan yuklar Toşkent xalqaro aeroportiga yuk maşinasida, u yerdan Bokuga samolyotda yetkazildi.

Şunday qilib, Özbekiston va Ozarboyjon örtasida jahonda ilk bor xalqaro belgilanişi eTIR bölgan yangi «xalqaro yöl taşuvlari» elektron tizimi orqali savdo amalga oşirildi. Yevropa iqtisodiy komissiyasi «xalqaro yuk taşuvlarda raqamli davr boşlangani» haqida e’lon qildi.

Transport taşuvlarini yaxşilaş Markaziy Osiyo va Kavkaz davlatlari hamkorligini rivojlantiriş uçun muhim omil hisoblanadi. TIR — yagona tranzit ruxsatnomasi — bu ğoyaning real amalga oşirilişi bölgan.

1975 yilda Yevropa iqtisodiy komissiyasi şafeligi ostida BMT «xalqaro yöl taşuvlari (XYT) kitobçasidan foydalanib yuklarni taşiş töğrisida bojxona konvensiyasi» qabul qilingan edi. Konvensiyadan közlangan maqsad çegaralarni kesib ötayotgan yuklarni rasmiylaştirişni soddalaştiruvçi yuk transportirovkasi tizimini yaratiş edi (Özbekistonda uşbu konvensiya 1996 yilning 28 martidan kuçga kirgan).

Yangi qoidalarni reallikka joriy etiş BMT Yevropa iqtisodiy komissiyasi XYT kotibiyatining xalqaro taşuvlar va tranzitni modernizatsiya qilişga yönaltirilgan köp yillik urinişlaridan söng imkonli böldi. XYT Konvensiyasi standart xalqaro tan olingan bojxona hujjati — XYT kitobçasidan foydalanib, tovarlarni tranzit taşuvini osonlaştiruvçi xalqaro tan olingan jarayonni nazarda tutadi. Biroq texnologiyalar rivojlanib borişi bilan qoğozda çop etilgan XYT kitobçasidan foydalaniş eskirgan usul bölib qolaverdi, ayniqsa milliy bojxona ma’muriyatlari ularni elektron jarayonlarga boğlab qöyişganidan söng.

eTIR jarayonini tatbiq etiş XYT konvensiyasiga 2021 yilning may oyida kuçga kirgan 11-ilova qabul qilinganidan söng imkonli böldi. Bu ilova eTIR jarayonini, jumladan, eTIR xalqaro tizimiga joylaştiriş va ma’murçilik qilişni, kitobça egalari şaxsiga aniqlik kiritiş, şuningdek, eTIR’ni joriy etiş böyiça texnik organning tarkibi, funksiyalari va tamoyil qoidalarini ham tartibga soladi.