9 yanvar kuni AQŞ naşrlari «maxfiy» belgili hujjatlar dastlab Vaşingtondagi Penn Biden markazidan (bu yer 2018 yilda, öşa paytdagi sobiq vitse-prezident Jo Bayden şarafiga oçilgan), söngra esa Delaver ştatining Uilmington şahridagi prezident qarorgohidan topilgani haqida xabar berdi. Bir neça kundan söng AQŞ Adliya vazirligi Bayden tomonidan maxfiy hujjatlarni saqlaş qoidalarining mumkin bölgan buzilişini tekşiriş uçun maxsus prokuror tayinladi. 21 yanvar kuni Federal qidiruv byurosi prezidentning uyida tintuv ötkazdi. Hujjatlar bilan boğliq mojaro AQŞning 46-prezidenti faoliyatidagi eng yirik voqeaga aylanib, uning qayta saylaniş imkoniyatini çeklab qöyişi mumkinmi? Uning bu işi sobiq prezident Trampnikidan qanday farq qiladi?

  • Baydenning maxfiy hujjatlar mojarosi Donald Tramp mojarosidan birinçi navbatda öz kölami bilan farq qiladi. Trampdan hammasi bölib 300 ga yaqin hujjat topilgan bölsa, Baydendan hozirgaça 20 ga yaqin hujjat topilgan. Biroq, amaldagi prezident uçun bu baribir yoqimsiz holat. Bu Bayden va uning oilasi bilan boğliq navbatdagi mojaro bölib, sönggi ikki yildan beri bunday holatlar tez-tez röy bermoqda.
  • Uşbu voqea fonida Donald Tramp tomonidan xuddi şunday qoidabuzarlik qayd qilingandagi tergov işlari (xususan, FQB agentlari uning Mara-Lagodagi mulkini yuqori darajadagi tintuv qilgan) va hozirgi tergov işlari farqi respublikaçilar tomonidan ikkiyuzlamaçilik deb ataldi.
  • Bayden tomonidan tayinlangan boş prokuror Merrik Garland noqulay ahvolga tuşib qoldi, u endi öz rahbariga qarşi tergov boşlaşi kerak.

Tramp va Baydenning potensial xatti-harakatlari «Prezidentlik yozuvlari töğrisidagi qonun»ni buziş hisoblanadi. Uşbu qonunda iş hujjatlarini vakolat muddati tugagandan keyin Milliy arxivga topşirmaganlik uçun jazo nazarda tutilmagan, ammo odil sudlovga tösqinlik qilişga urinilgan taqdirda javobgarlik belgilanişi qayd etilgan.

Öxşaş vaziyatga tuşib qolgan ikki siyosatçining pozitsiyasi bir-biridan farq qiladi. Bayden tergov va maxsus prokuror Robert Hur bilan töliq hamkorlik qilişga tayyorligini aytdi. U öz qarorgohi tintuv qilinişga ham e’tiroz bildirmadi. Va uyida maxfiy hujjatlar topilgaç, ularni darhol Milliy arxivga topşirdi.

Tramp esa hujjatlarning faqat bir qismini, kun tartibidagilarinigina qaytargan edi (u buni qilişga majbur emasligini ham ta’kidlagandi). Donald unga nisbatan boşlangan tergov harakatlarini «jodugar ovi» deb atagandi.

Trampning işida tintuv josuslik töğrisidagi qonun moddalaridan birini buziş (milliy xavfsizlik masalalari bilan boğliq hujjatlar bilan işlaşda qasddan yoki qöpol beparvolik bilan qonunbuzarlik yöl qöyiş), federal tergovga tösqinlik qiliş va hukumat hujjatlarini bila turib yaşiriş yoki yöq qilişda gumon qilinib ötkazilgan edi.