16:49 / 27.01.2023
24807

Ukrainaga navbatdagi zarbalar oqibatlari va Limandagi hayot. Urush suratlari

Ukrainada urushning 337-kuni o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar: 

  • 26 yanvarga o‘tar kechasi va erta tongda Rossiya Ukraina shaharlarini yoppasiga o‘qqa tutdi. Ukraina qurolli kuchlariga ko‘ra, Rossiya armiyasi 55 ta raketa uchirgan, shundan 47 tasi urib tushirilgan. Favqulodda vaziyatlar bo‘yicha davlat xizmatiga ko‘ra, hujumlar oqibatida Ukrainaning turli hududlarida 11 kishi halok bo‘lib, yana 11 kishi yaralangan.
  • AQSh «Vagner» xususiy harbiy kompaniyasini transmilliy jinoiy tashkilot deb e’lon qildi, shuningdek XHK va uning rahbari Yevgeniy Prigojin bilan aloqador shaxslarga yangi sanksiyalar joriy etdi.
  • Yozuvchi Zaxar Prilepin «Rosgvardiya» bilan shartnoma tuzdi, u Ukrainaga jang qilish uchun jo‘nab ketgan. Prilepinning vakillari aniqlik kiritishicha, u muqaddam OMONda xizmat qilgani (2016 yildan buyon «Rosgvardiya» tarkibida) uchun aynan shu idorani tanlagan.
  • Xalqaro atom energetikasi agentligi inspektorlari Zaporijjya AES atrofida sakkiz marta kuchli portlash ro‘y berganini aytib berishdi. Inspektorlar so‘nggi haftalarda deyarli har kuni shunday holatlar haqida xabar qilishmoqda. «Rosenergoatom» bosh direktori maslahatchisi Renat Karchaaning ma’lum qilishicha, portlashlar atom stansiyasi hududida bo‘lmagan: «Artilleriya ishlamoqda, ammo ancha nariroqda».
  • Fransiya tashqi ishlar vaziri Katrin Kolonna Odessaga tashrif buyurdi va yadro obektlari xavfsizligi uchun zarur bo‘lgan resurslar yetkazib berilishini ma’lum qildi.

Ukraina shaharlari o‘qqa tutilishi

26 yanvar kuni Rossiya yana bir bor Ukraina bo‘ylab yoppasiga raketa zarbalari yo‘lladi. Butun mamlakat bo‘ylab havo trevogasi e’lon qilingan. Ukraina nashrlari Kiyev, Dnipropetrovsk, Odessa, Mikolayiv, Jitomir va Vinnitsa oblastlaridagi portlashlar haqida xabar bergan. Ayrim regionlarda — xususan, Kiyev shahri, Kriviy Rih, Kiyev, Odessa, Kirovograd va Dnipropetrovsk oblastlarida — elektr energiyasi oldindan o‘chirilgan.

Ukraina Favqulodda vaziyatlar bo‘yicha davlat xizmatiga ko‘ra, raketa zarbalari oqibatida 11 kishi halok bo‘lgan va yana shuncha kishi yaralangan.

Kiyevda raketa zarbalari vaqtida metro bekatlaridan biriga tushib yashiringan aholi vakillari
Efrem Lukatsky / AP / Scanpix / LETA
Kiyevliklar havo trevogasi chog‘ida metro eskalatori zinalarida
Viacheslav Ratynskyi / Reuters / Scanpix / LETA
Kiyevda rossiyaliklar raketasi tushgan joylardan birida turgan kishi
Daniel Cole / AP / Scanpix / LETA
Kiyevlik qutqaruvchilar rossiyaliklar zarbasidan halok bo‘lganlardan birining jasadini olib ketishmoqda
Sergey Dolzhenko / EPA / Scanpix / LETA
Kiyev oblastining Glevaxa posyolkasida yashovchilardan biri raketa zarbasidan hosil bo‘lgan o‘ra yonidan o‘tmoqda. Glevaxa Kiyevdan 25 kilometr janubi-g‘arbda joylashgan
Roman Hrytsyna / AP / Scanpix / LETA
Glevaxaliklar raketa zarbasidan vayron bo‘lgan binoni tozalashmoqda
Valentyn Ogirenko / Reuters / Scanpix / LETA

Front yaqinidagi Liman shahri hayoti

Liman — Donetsk oblastida Ukraina nazoratidagi Kramatorsk shahridan 40 kilometr masofada joylashgan shahar bo‘lib, mintaqada strategik muhim temiryo‘l tuguni hisoblanadi — shahar 2022 yil mayida Rossiya qo‘shinlari tomonidan egallab olingandi. Oktyabr oyida ukrain harbiylarining qarshi hujumi davomida ozod etildi. Janglar va okkupatsiya vaqtida shahar jiddiy jabrlangan — legitim mer Oleksandr Juravlyovga ko‘ra, shahardagi binolarning 80–90 foizi vayron bo‘lgan yoki shikastlangan. Liman markazi orqali o‘tgan temiryo‘llar hamon tiklanmagan.

Ukraina qurolli kuchlari Bosh shtabining 25 yanvar kungi svodkasida Rossiya qo‘shini Liman yo‘nalishida yurish boshlagani, ammo Ukraina armiyasi hujumlarni muvaffaqiyat bilan qaytarayotgani aytilgan.

BBC nashrining 23 yanvar kuni e’lon qilingan reportajida shaharda 13 ming atrofida tinch aholi vakillari qolgani ma’lum qilingan.

Limandagi temiryo‘lda vayron bo‘lgan poyezd vagoni
Oleg Petrasyuk / EPA / Scanpix / LETA
Limanlik ayol otishmalardan shikastlangan ko‘p kvartirali uyga kirmoqda
Oleg Petrasyuk / EPA / Scanpix / LETA
Ko‘chada raketa tushishidan hosil bo‘lgan o‘rani yopish uchun qo‘yilgan Vladimir Lenin byusti oldidan o‘tib ketayotgan limanliklar
Oleg Petrasyuk / EPA / Scanpix / LETA
Limanlik Sergey o‘tin ortilgan aravani sudrab ketmoqda
Oleg Petrasyuk / EPA / Scanpix / LETA
Ukrainlar harbiy texnikasi Limandagi ko‘chalardan birida
Oleg Petrasyuk / EPA / Scanpix / LETA
Mavzu
Rossiya-Ukraina urushi
2022 yil 22 fevral kuni Rossiya Ukraina chegarasidan o‘tib, qo‘shni mamlakatga bostirib kirdi. Ukraina armiyasi jang taklif qildi.
Barchasi
Top