O‘zbekistonlik velopoygachi Anna Kulikova doping tufayli diskvalifikatsiya qilindi
Uning doping-sinamasida taqiqlangan modda borligi aniqlangan.
O‘zbekistonlik velopoygachi Anna Kulikova doping tufayli diskvalifikatsiya qilindi, deb xabar berdi O‘zbekiston Milliy antidoping agentligi.
Qayd qilinishicha, 2022 yil 25 oktyabr kuni sportchi Kulikovadan musobaqadan tashqari holatda doping sinama olingan. Tahlil natijalariga ko‘ra, velopoygachi namunasida Butunjahon antidoping agentligi tomonidan taqiqlangan ro‘yxatga kiritilgan «Metasteron» moddasi aniqlangan.
Shu asosda Anna Kulikova O‘zbekiston Milliy antidoping agentligi huzuridagi Axloq bo‘yicha komissiya qaroriga ko‘ra, 2 yil muddatga diskvalifikatsiya qilingan. Endi u 2024 yil 26 dekabr kuniga qadar musobaqalarda ishtirok etolmaydi.
Qayd qilish joizki, 21 yoshli Anna Kulikova 2022 yilda Dushanbe shahrida o‘tkazilgan yoshlar o‘rtasidagi Osiyo chempionati g‘olibi sanaladi.
Mavzuga oid
20:49 / 02.09.2024
Rossiyaning O‘zbekistondagi elchisi respublika bilan aloqalarning rivojlanishi haqida gapirdi
19:08 / 07.08.2024
Og‘ir atletika bo‘yicha O‘zbekiston chempioni doping tufayli diskvalifikatsiya qilindi
20:37 / 31.07.2024
O‘zbekistonda YouTube’ga kirish sekinlashgani aytilgan xabarlar rad etildi
22:06 / 26.07.2024