Huquqbuzarliklar profilaktikasida ishtirok etuvchi fuqarolar ijtimoiy ta’minoti choralari belgilandi
Vazirlar Mahkamasining «Fuqarolar va jamoat tashkilotlarini huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashishdagi faol ishtiroki uchun rag‘batlantirish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida»gi qaroriga jamoat xavfsizligini ta’minlash, huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashishdagi faol ishtiroki uchun fuqarolarning ijtimoiy himoyasini ta’minlashga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.
Hujjatga muvofiq, jamoat xavfsizligini ta’minlash, huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashishdagi faol ishtirok etgan va o‘rtacha yoki og‘ir tan jarohati olgan yoxud halok bo‘lgan shaxslarga bir martalik nafaqa tayinlanadi.
Bir martalik nafaqa miqdorlari quyidagicha:
- o‘rtacha tan jarohatida – BHMning 20 baravari;
- og‘ir tan jarohatida – BHMning 50 baravari;
- fuqaro halok bo‘lganida – BHMning 100 baravari.
Nafaqalar tayinlashga profilaktika organlarining sud-tibbiy xulosa yoki o‘lim haqidagi guvohnoma ilova qilingan taqdimnomasiga asoslangan komissiya qarori asos hisoblanadi.
Mavzuga oid

08:54 / 17.04.2025
Yil boshidan beri eng ko‘p qanday ma’muriy huquqbuzarlik sodir etilgani aytildi

13:30 / 24.03.2025
100 mingga yaqinlashgan ma’muriy qamoq, 5 barobar oshgan deportatsiya - O‘zbekistonda huquqbuzarliklar statistikasi

12:35 / 20.03.2025
Zargarlik sohasidagi huquqbuzarliklar uchun jarima miqdori oshiriladi

14:43 / 01.03.2025