O‘zbekiston | 10:05 / 03.02.2023
14062
3 daqiqa o‘qiladi
O‘zbekiston Qurolli kuchlarini qurollantirish davlat komissiyasi tashkil etildi
![](https://storage.kun.uz/source/9/8OdwRb_E_-2aBzGa-agiKwPMg-OgsDp8.jpg)
Foto: Mudofaa vazirligi
Prezident "O‘zbekiston Qurolli kuchlarini qurollantirish va mudofaa sanoati sohasida davlat boshqaruvini takomillashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi farmonni imzoladi.
O‘zbekiston Qurolli kuchlarini qurollantirish bo‘yicha davlat komissiyasi tashkil etildi va quyidagilar uning asosiy vazifalari etib belgilandi:
- maxsus organlarni qurol-yarog‘, harbiy va maxsus texnika hamda boshqa harbiy va ikki xil maqsadga mo‘ljallangan mahsulotlar bilan ta’minlash bo‘yicha yaqin, o‘rta va uzoq muddatli istiqbollarni belgilash;
- O‘zbekiston Qurolli kuchlarini harbiy va ikki xil maqsadga mo‘ljallangan mahsulotlar bilan ta’minlash bo‘yicha kompleks dasturlarni ko‘rib chiqish va tasdiqlash;
- maxsus organlarni harbiy va ikki xil maqsadga mo‘ljallangan mahsulotlar bilan ta’minlashni moliyalashtirish masalalarini ko‘rib chiqish va uning manbalarini belgilash;
- davlat mudofaa buyurtmasini ko‘rib chiqish va tasdiqlash;
- yangi harbiy va ikki xil maqsadga mo‘ljallangan mahsulotlarni ishlab chiqarishni tashkil etish yoki mavjudlarini modernizatsiya qilish, investitsiyalarni jalb qilish va ushbu sohada davlat-xususiy sheriklikni yo‘lga qo‘yish, sohani rivojlantirish uchun imtiyozlar va preferensiyalar berish bo‘yicha takliflarni ko‘rib chiqish;
- harbiy va ikki xil maqsadga mo‘ljallangan mahsulotlar, butlovchi buyumlar va ehtiyot qismlar, oziq-ovqat, kiyim-kechak anjomlari, dori vositalari, yonilg‘i-moylash materiallari va boshqa harbiy-texnik mol-mulkning strategik zaxiralarini yaratish choralarini belgilash;
- mudofaa sanoatini rivojlantirish, harbiy va ikki xil maqsadga mo‘ljallangan mahsulotlar bo‘yicha yangi ishlab chiqarish quvvatlarini tashkil qilish masalalarini ko‘rib chiqish;
- urush davri uchun mahalliy ishlab chiqarish korxonalariga safarbarlik topshirig‘ini biriktirish bo‘yicha takliflarni ko‘rib chiqish;
- maxsus organlarni qurollantirish va mudofaa sanoatini rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlarning bajarilishini ko‘rib chiqish.
- Mudofaa sanoati davlat qo‘mitasi negizida:
- Mudofaa vazirligi huzurida Mudofaa sanoati agentligi;
- Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi huzurida O'ztextreyd davlat unitar korxonasi tuzildi.
O'ztextreyd xorijda ishlab chiqariladigan harbiy mahsulotlarni xarid qilish, eksport qilish bilan shug‘ullanadi.
Mavzuga oid
![](https://storage.kun.uz/source/thumbnails/_medium/10/4-8y6qrggE0BZUIFJBmQRP0uDvmeNEBw_medium.jpg)
09:28 / 22.04.2024
Toshkentda O‘zbekiston-Vengriya hukumatlararo komissiyasi yig‘ilishi o‘tkaziladi
![](https://storage.kun.uz/source/thumbnails/_medium/10/qDGTIhSgXz4stOmHkkx6NFGeNpDdc_-__medium.jpg)
08:48 / 20.04.2024
Hukumat huzuridagi Atamalar komissiyasi yangi tarkibda tashkil etiladi
![](https://storage.kun.uz/source/thumbnails/_medium/10/o_cG-Sa-sh-XHDoFn2MurmMwBxS5dCrR_medium.jpg)
10:42 / 19.04.2024
Germaniyada O‘zbekistonda yashaydigan nemislar masalasi bo‘yicha hukumatlararo komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
![](https://storage.kun.uz/source/thumbnails/_medium/10/Rv2eHfhVD94eZBKoopE_XCQXSPDLx0vl_medium.jpg)
09:01 / 25.11.2023