O‘zbekiston | 20:57 / 04.02.2023
23214
2 daqiqa o‘qiladi

“Ochiq-oydin gapirish uchun rahbar o‘zi toza bo‘lishi kerak” - Amrillo Inoyatov tibbiyotdagi korrupsiya haqida

Vazirning so‘zlariga ko‘ra, 2022 yil Namanganda tibbiyot sohasida 27ta jinoyat aniqlangan, ularning aksariyati – pul evaziga ishga joylashtirish bilan bog‘liq.

Foto: Sog‘liqni saqlash vazirligi axborot xizmati

4 fevral kuni sog‘liqni saqlash vaziri Amrillo Inoyatov Namangan viloyatida soha mutasaddilari va OAV vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Vodiy1.uz xabariga ko‘ra, tadbir davomida vazir sohadagi korrutsion holatlar haqida gapirib o‘tgan. Unga ko‘ra, 2022 yil Namanganda tibbiyot sohasida 27 ta jinoyat holati aniqlangan. Jinoyatlarning acosiy qismi ishga joylashtirish uchun pul olish bilan bog‘liq bo‘lgan.

Jumladan, Pop tuman tibbiyot birlashmasi bolalar bo‘limi hamshirasi ikki nafar fuqaroni ishga joylashni va’da qilib, har biridan 500 dollardan, shu birlashma xodimlar bo‘limi inspektori esa 350 dollardan olayotganda qo‘lga tushgan.

Uchrashuv davomida Inoyatov tibbiyot sohasini korrupsiyadan xoli qilishga harakatlar boshlanganini ham ta’kidlagan.

“Ochiq-oydin gapirish uchun vazir yoki rahbar o‘zi toza bo‘lishi kerak. Agar o‘zi toza bo‘lsa, mana bunaqangi auditoriyada ochiq-oydin gapiradi. Siz xulosa qilmasangiz, davlat darrov xulosa qiladi”, – degan vazir mas’ullardan biriga qarata. 

Mavzuga oid