O‘zbekiston | 08:31 / 06.02.2023
5999
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston va Qozog‘iston vatandoshlar tashkilotlari o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi

“Vatandoshlar” jamoat fondi boshqaruv raisi Odil Sattorov boshchiligidagi delegatsiya Ostona shahrida amaliy safar bilan bo‘lib, qator uchrashuv va muzokaralar o‘tkazdi, deb xabar qilmoqda “Dunyo”.

Foto: Dunyo

“Fond Otandastar” notijorat aksiyadorlik jamiyati raisi Abzal Saparbekuli bilan uchrashuvda ikki mamlakat vatandoshlar birlashmalari hamkorligida turli tadbirlar, konferensiyalar, seminarlar, simpoziumlar, qurultoylar, bayramlar va uchrashuvlar o‘tkazish masalasi yuzasidan fikr almashildi

Muloqot yakunida “Vatandoshlar” fondi va "Fond Otandastar" NAJ o‘rtasida xorijiy davlatlarda o‘zbek va qozoq madaniyatlari va an’analarini rivojlantirishda mazkur tashkilotlarning salohiyatini kuchaytirish va ularning imkoniyatlaridan kengroq foydalanish maqsadiga qaratilgan memorandum imzolandi.

O‘zbekiston delegatsiyasi a’zolari Qozog‘iston xalq assambleyasi,  Ostona shahri o‘zbek etnomadaniy markazi, rasmiy va jamoatchilik doiralari vakillari, ushbu mamlakat oliy bilim yurtlarida tahsil olayotgan o‘zbekistonlik yoshlar bilan ham uchrashuvlar o‘tkazdi.

Mavzuga oid