08:47 / 11.02.2023
23350

AQSh Alyaska uzra noma’lum uchish apparatini urib tushirdi

Noma’lum uchish apparati Alyaska yaqinida AQSh havo hududiga kirdi - u havo tahdidi tufayli urib tushirildi.

AQSh harbiy samolyoti / Foto: Getty Images

AQSh harbiy samolyoti Alyaska suvlari ustida 12 ming metr balandlikda uchgan noma’lum obektni urib tushirdi, dedi 10 fevral, juma kuni bo‘lib o‘tgan brifingda AQSh Milliy xavfsizlik kengashining strategik aloqalar bo‘yicha koordinatori Jon Kirbi. Uning so‘zlariga ko‘ra, samolyotga zarba berish buyrug‘ini AQSh prezidenti Jo Bayden bergan, chunki bunday balandlikda noma’lum transport vositasi fuqaro aviatsiyasiga potensial xavf tug‘dirgan.

Obektni urib tushirish vaqtida Pentagon bu havo shari yoki boshqa qurilma ekanligini aniqlay olmadi. «Biz buni obekt deb ataymiz, chunki bu bizda mavjud bo‘lgan eng yaxshi tavsif», dedi Kirbi brifingda. Rasmiyning so‘zlariga ko‘ra, kema o‘lchami kichik mashinaning o‘lchamida edi, bu bir hafta oldin Montana ustida ko‘rilgan Xitoy sharidan kichikroq.

Kirbining ta’kidlashicha, rasmiylar obektning biron bir «davlat yoki korporatsiya»ga tegishli ekanligini bilishmaydi va osmonda nima maqsadda bo‘lganini aytish qiyin. Shu bilan birga, harbiylar qurilma bortida odamlar bo‘lmaganiga amin.

Ilgari AQSh sharqiy qirg‘og‘ida Xitoyning ehtimoliy «razvedka shari» urib tushirilgan, keyin uning bo‘laklari suvdan olingan va tadqiqotga yuborilgan. Taxminan bir vaqtning o‘zida xuddi shunday zond Lotin Amerikasida ham topilgan. «Bizning baholashimizga ko‘ra, bu Xitoyning yana bir razvedka shari», dedi Pentagon matbuot kotibi Patrik Rayder.

The Washington Post gazetasining ta’kidlashicha, shunga o‘xshash «razvedka sharlari» allaqachon beshta qit’ada ko‘rilgan va Pekin ulardan harbiy obektlar haqida ma’lumot olish uchun foydalanmoqda.

Qo‘shma Shtatlar ustida havo sharining paydo bo‘lishi Vashington va Pekin o‘rtasidagi munosabatlarning keskinlashishiga olib keldi. Shu tariqa, AQSh davlat kotibi Entoni Blinken 5 va 6 fevral kunlari Xitoy poytaxtiga rejalashtirilgan tashrifini bekor qildi. Amerika diplomatiyasi rahbari o‘z qarorini «AQSh havo hududida Xitoyning yuqori balandlikdagi razvedka havo shari mavjudligi»ga munosabat bilan izohladi.

Pekin Pentagonning havo sharini urib tushirish qarorini qoralab, buni «aniq haddan tashqari harakat va xalqaro amaliyotning jiddiy buzilishi» deb atadi. «Xitoy Qo‘shma Shtatlarning obektga hujum qilish uchun kuch ishlatishiga keng norozilik bildirmoqda», dedi xitoylik rasmiylar, havo sharini yo‘nalishdan chiqib ketgan «fuqarolik uchuvchisiz uchish apparati» deb ta’rifladi.

Top