O‘zbekiston | 14:16 / 28.02.2023
13634
1 daqiqa o‘qiladi

Sergelida yo‘lovchi avtobusi yarim tunda daraxtga kelib urildi

131-sonli avtobus haydovchisi Sergeli tumanidan qaytayotganda boshqaruvni yo‘qotib, transportni borib daraxtga urgan. Ayni vaqtda haydovchi reanimatsiyada behush yotgani aytilmoqda. Hozircha mazkur holat yuzasidan mas’ullar rasmiy xabar bergani yo‘q.

Videodan kadr

Kun.uz manbasining xabar berishicha, holat 27 fevraldan 28 fevralga o‘tgan kechasi taxminan soat 1:00larda sodir bo‘lgan.

12-avtobus saroyiga tegishli 131-sonli avtobus Sergeli tumanidagi AGTKShdan qaytayotganda boshqaruvni yo‘qotib, transportni daraxtga borib urgan. Qayd etilishicha, bunga haydovchining uxlab qolgan sabab bo‘lgan.

Shuningdek, manbaga ko‘ra, haydovchi avtohalokat bo‘lgan vaqtning o‘zidayoq Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markaziga olib ketilgan va operatsiya qilingan. Hozirda u reanimatsiya bo‘limida behush yotgani aytilmoqda.

Hozircha vaziyat bo‘yicha biror mas’ul tashkilot, xususan, “Toshshahartransxizmat” AJ matbuot xizmati rasmiy xabar bilan chiqqani yo‘q.

Mavzuga oid