Uzbekistan Airways bayram kunlari uchun 21 foizli chegirma e’lon qildi
Navro‘z bayrami munosabati bilan 18-22 mart kunlari O‘zbekiston bo‘ylab amalga oshiriladigan mahalliy aviaqatnovlar uchun 21 foizli chegirma e’lon qilindi. Mazkur chegirma ekonom va biznes klass tariflari uchun qo‘llanadi.
Uzbekistan Airways matbuot kotibi Kamola Ikromovaning AOKAda o‘tgan brifingda ma’lum qilishicha, bayram chegirmasini boshqa turdagi chegirmalar bilan birlashtirish taqiqlanadi. Chegirma 2 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun amal qilmaydi. 2 yoshdan 12 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun esa 25%, bolalar chegirmasiga qo‘shimcha ravishda 21% chegirma taqdim etiladi.
Shuningdek, aviakompaniya shu yilning 26 martidan 28 oktyabriga qadar amal qiladigan bahor-yoz parvozlar jadvaliga o‘tayotgani ham ma’lum qilindi. Unga ko‘ra, yozgi navigatsiya davrida aviakompaniya mashhur sayyohlik yo‘nalishlariga parvozlar sonini ko‘paytiradi, yo‘nalishlar tarmog‘ini kengaytiradi.
Bu mavsumda 70 dan ortiq yo‘nalish bo‘yicha muntazam aviaqatnovlar amalga oshirilishi rejalashtirilgan. Xususan, Toshkentdan Urganch va Nukusga parvozlar kuniga 2 marta, Buxoroga esa 1 marta bo‘ladi.
Qolaversa, Toshkentdan Qarshiga haftada 2 marta, Termiz va Samarqandga 6 marta, Farg‘ona vodiysi bo‘ylab: Namanganga – 2, Farg‘onaga – 3 va Andijonga ham ikki martadan aviaqatnovlar bajariladi.
Eslatib o‘tamiz, aviachiptalarni aviakompaniyaning rasmiy www.uzairways.com sayti, shuningdek, UzAirways mobil ilovasi, Uzbekistan Airways Sales orqali yoki aviakompaniya agentlaridan xarid qilish mumkin.
Mavzuga oid
21:49 / 16.08.2024
Uzbekistan Airways aviakompaniyasining Malayziyaga parvoz qilgan samolyotida o‘g‘rilar ushlandi
21:01 / 05.08.2024
Rossiyaliklar Uzbekistan Airways reyslarida o‘g‘rilar paydo bo‘lgani haqida shikoyat qildi
18:25 / 05.08.2024
UzAirways'ga tegishli Airbus A320 samolyoti do‘l sabab shikastlandi
20:40 / 22.06.2024