08:03 / 02.03.2023
11501

Isroilda namoyishlar politsiya bilan to‘qnashuvlarga aylanib ketdi

Isroilda sud-huquq islohotiga qarshi namoyishchilar Tel-Avivdagi bir qancha ko‘chalarni to‘sib qo‘yishdi, politsiya suv purkagichlar va shovqin granatalaridan foydalangan. 40 ga yaqin kishi hibsga olingan.

Foto: Shutterstock

Isroilda sud-huquq islohotlariga qarshi namoyishlar 1 mart, chorshanba kuni politsiya bilan to‘qnashuvlarga aylanib ketdi. Namoyishchilar Tel-Avivdagi bir qancha ko‘chalarni to‘sib qo‘yishdi, politsiya suv purkagichlar va shovqin granatalaridan foydalangan. Huquq-tartibot idoralari ma’lumotlariga ko‘ra, 39 kishi qo‘lga olingan. AFP axborot agentligining xabar berishicha, kamida 11 nafar yaralangan namoyishchi shifoxonalarga yetkazilgan.

Associated Press huquq-tartibot idoralari xodimlari Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxuning rafiqasi Sarani qutqarishga majbur bo‘lganini yozadi. Namoyishchilar u bo‘lgan sartaroshxonani o‘rab olishdi. «Mamlakat yonmoqda, Sara esa sochini oldiryapti», deb hayqirdi namoyishchilar. Natijada uni politsiya mashinasida salondan olib chiqishdi, olomon esa: «Uyat!» deb baqirgan.

Netanyaxuning o‘zi politsiya harakatlarini qo‘llab-quvvatlab, televideniye orqali namoyishchilar «qizil chiziqni kesib o‘tganini» aytdi. «Namoyish qilish huquqi mamlakatni anarxiyaga botirish uchun litsenziya emas», dedi u. «Biz qonunni buzishga va zo‘ravonlik qilishga yo‘l qo‘ymaymiz - Xovarda ham, Tel-Avivda ham, boshqa joyda ham».

Sud-huquq islohoti Isroilning 2022 yil oxirida qasamyod qilgan yangi o‘ta o‘ng hukumatining asosiy loyihalaridan biridir. Mamlakatda minglab norozilik namoyishlari bir necha haftadan beri davom etmoqda - islohot yanvar boshida e’lon qilinganidan beri.

Top