23:15 / 10.03.2023
10702

Makron va Sunak Ukrainani qarshi hujumga tayyorgarlik ko‘rishda qo‘llab-quvvatlamoqchi 

Siyosatchilarning bu boradagi fikri bir xil. 

Foto: AP

Fransiya va Buyuk Britaniya Ukrainaga qarshi hujumga tayyorgarlik ko‘rishda yordam berish niyatida. Bu haqda Fransiya prezidenti Emmanuel Makron Buyuk Britaniya bosh vaziri Rishi Sunak bilan uchrashuvdan so‘ng o‘tkazilgan matbuot anjumanida ma’lum qildi. Uning translatsiyasi The Independent tomonidan olib borildi. 

«Qisqa muddatda bizning maqsadimiz Ukrainaga qarshi hujum boshlashiga yordam berishdir», dedi Makron. 

Shuningdek, u Ukraina mojarosidagi asosiy vazifa mustahkam tinchlik o‘rnatish bo‘lib qolayotganini ta’kidladi. 

«Ukraina muzokaralarni o‘z shartlariga ko‘ra olib borishi mumkin bo‘lganda boshlaydi va bizning vazifamiz bunda unga yordam berishdir», dedi u. 

Rishi Sunak Fransiya rahbarining pozitsiyasini qo‘llab-quvvatladi va shunday dedi: «Biz Ukraina bu urushda g‘alaba qozonishini istaymiz va biz bu borada mutlaqo birdammiz. Bizning vazifamiz Ukrainani eng kuchli holatga keltirishdir». 

G‘arb davlatlari Ukrainani «qancha zarur bo‘lsa, shuncha» qo‘llab-quvvatlash niyatini bir necha bor e’lon qilgan, biroq harbiy harakatlarni tinch yo‘l bilan tugatish muhimligini ham ta’kidlagan.

Mavzu
Rossiya-Ukraina urushi
2022 yil 22 fevral kuni Rossiya Ukraina chegarasidan o‘tib, qo‘shni mamlakatga bostirib kirdi. Ukraina armiyasi jang taklif qildi.
Barchasi
Mavzuga oid
Top