23:43 / 10.03.2023
20630

Xalqaro qilichbozlik federatsiyasi rossiyalik va belarusliklarga musobaqalarda ishtirok etishga ruxsat berdi 

Sportchilar aprel oyidan musobaqalarga kirishadi. 

Foto: Getty Images

Xalqaro qilichbozlik federatsiyasi (FIE) Rossiya va Belarus fuqarolarining musobaqalarda ishtirok etishiga ruxsat berdi. Bunday qaror 10 mart kuni bo‘lib o‘tgan navbatdan tashqari kongressda qabul qilingan. 

Qaror 2023 yil aprel oyining ikkinchi yarmida kuchga kiradi. Jumladan, rossiyaliklar va belarusliklar iyul oyida Milanda o‘tkazilishi rejalashtirilgan jahon chempionatida ishtirok etishi mumkin bo‘ladi. 2024 yilgi Olimpiada o‘yinlari uchun yo‘llanmalar ham shu yerda o‘ynaladi. 

Ukraina Milliy qilichbozlik federatsiyasi bu qarorni ikki marta bloklashga urindi, ammo natijaga erisha olmadi. Endi ukrainaliklar keyingi qadamlar uchun FIE prezidiumini chaqirishini e’lon qildi. 

Qayd qilish joizki, FIE rossiyalik va belarusliklarga musobaqalarda ishtirok etishga ruxsat bergan ikkinchi tashkilot bo‘ldi. Avvalroq, Xalqaro boks assotsiatsiyasi (IBA) ham shu haqda qaror qabul qilgan edi. 

Mavzuga oid
Top