09:36 / 18.03.2023
13863

19 mart kuni aksariyat hududlarda yomg‘ir yog‘ishi kutilyapti

Respublika Gidrometeorologiya markazi O‘zbekiston bo‘yicha 19 mart, yakshanba kuni kuzatiladigan ob-havo ma’lumotini e’lon qildi.

Foto: Kun.uz

Toshkent shahri. Havo biroz bulutli bo‘ladi, kunning ikkinchi yarmida yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol sharqdan 5-10 metr/soniya tezlikda esadi, 12–15 metr/soniyagacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi +8...+10 daraja iliq, kunduzi +20...+22 daraja bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyati. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7–12 metr/soniya tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15–20 metr/soniyagacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi +3...+8 daraja, kunduzi +15...+20 daraja bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol sharqdan 7–12 metr/soniya tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15–20 metr/soniyagacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi +7...+12 daraja, kunduzi +17...+22 daraja bo‘ladi.

Toshkent, Jizzax, Samarqand va Sirdaryo viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, kunning ikkinchi yarmida ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol sharqdan 7–12 metr/soniya tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15–20 metr/soniyagacha kuchayishi mumkin Harorat kechasi +7...+12 daraja, kunduzi +17...+22 daraja bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyati. Havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol sharqdan 7–12 metr/soniya tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15–20 metr/soniyagacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi +10...+15 daraja, kunduzi +19...+24 daraja bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5–10 metr/soniya tezlikda esadi. Harorat +7...+12 daraja, kunduzi +20...+25 daraja bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlari. Havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Toshkent, Namangan viloyatlarining tog‘li hududlarida 2000 metrdan yuqorida qor ko‘chishi xavfi bor. Shamol sharqdan 7–12 metr/soniya tezlikda esadi. Harorat kechasi +2...+7 daraja, kunduzi +8...+13 daraja bo‘ladi.

Mavzuga oid
Top