O‘zbekiston | 14:56 / 18.03.2023
7777
4 daqiqa o‘qiladi
Reklama

Payme foydalanuvchilari texnomart bilan birgalikda Payme Mahalla’ning ikkinchi missiyasini muvaffaqiyatli yakunlashdi

Foto: Payme

Endilikda Namangan viloyatidagi 4 ming nafarga yaqin maktab o‘quvchilari Payme foydalanuvchilarining donatlari sharofati bilan zamonaviy shaxsiy kompyuter (ShK)lar bilan ta’lim olishlari mumkin.

2022 yilning dekabrida Payme kompaniyasi turli ijtimoiy missiyalar ishga tushiriladigan Payme Mahalla platformasini yo‘lga qo‘ydi. Foydalanuvchilar o‘tkazma va to‘lovlar orqali to‘plangan ballar evaziga jamiyatda turmush farovonligini yaxshilashga o‘z hissalarini qo‘shishlari mumkin. Muhim ijtimoiy vazifalar uchun foydalanuvchilarni birlashtirish loyihani maqsadi bo‘ldi.

Foto: Payme

Loyiha doirasida allaqachon ikkita muhim missiya muvaffaqiyatli yakunlandi. Birinchisi – Qoraqalpog‘iston maktablarini zamonaviy kompyuterlar bilan jihozlash. Foydalanuvchilar buni ikki kun ichida uddalashdi.

Ikkinchi missiya esa Namangan viloyatining olis hududlaridagi maktablarni zamonaviy texnika bilan jihozlash edi. Bu loyiha joriy yil 24 fevral kuni ishga tushirildi.

Foto: Payme

Ikkinchi missiya natijalari

Ikkinchi missiyani amalga oshirishga maishiy texnika va elektronika do‘konlarining eng yirik tizimlaridan bo‘lmish Texnomart, shuningdek, Payme Mahalla platformasidagi birinchi loyihani amalga oshirishda ham ishtirok etgan ONA jamoat fondi ko‘maklashdi.

Yangi missiya ishga tushgani to‘g‘risidagi e’lon qilingach uch kun ichida Namangan viloyatidagi maktablar uchun zarur 500 mln ball to‘plashga muvaffaq bo‘lindi. Loyihada taxminan 6 ming nafarga yaqin foydalanuvchi ishtirok etdi, ular 12 mingta badalni o‘tkazdilar. Ya’ni har bir ishtirokchi o‘rtacha ikki marta ballari bilan bo‘lishishdi.

Yakunda, kerakli sonda ballar to‘planganidan so‘ng, kompyuterlar xarid qilinib, Namangan viloyatiga jo‘natildi. Payme va texnomart foydalanuvchilarining faolligi tufayli Namanganlik maktab o‘quvchilari sifatli ta’lim olish uchun yana bir imkoniyatga ega bo‘ldilar.

Foto: Payme

Missiya uchun hududning olis tumanlaridagi 4 ta maktab tanlab olindi, u yerda taxminan 1,5 ming nafar o‘quvchiga 17 yil ilgari ishlab chiqarilgan 15 ta amalda ishlamaydigan kompyuter ajratilgan ekan. Endi esa ushbu maktablarda o‘quvchilar uchun IT-to‘garaklar ochish rejalashtirilmoqda.

Kompaniya amalga oshirilgan ishlarda davom ettirishni rejalashtirgan. Keyingi navbatda hamkorlarning ko‘magida foydalanuvchilar bilan birgalikda jamiyatda turmush sifatini yaxshilashga qaratilgan yangi missiyalar ham e’lon qilinadi.

Foto: Payme

Payme Mahalla loyihasida biz muhim ishlarni hal etish uchun foydalanuvchilarimizni birlashtirmoqchimiz. Payme Mahalla – Payme ilovasidagi virtual makon hisoblanib, unda har bir foydalanuvchi hayotimizni biroz yaxshilash uchun o‘z hissasini qo‘shish mumkin.

Foto: Payme

Payme Mahalla – Payme ilovasi ichidagi platforma, u yerda foydalanuvchilar ijtimoiy jihatdan ahamiyatli loyihalarga o‘z hissasini qo‘shishlari mumkin. Buning uchun faqat Payme People xolislik dasturida to‘plangan ballar bilan bo‘lishish kifoya.

TexnomartPayme ilovasini iOS va Android ga yuklab olish mumkin.

Ikkinchi missiyaning yangiliklarini va boshqa missiyalar paydo bo‘lishini kompaniyaning ijtimoiy tarmoqlari orqali kuzatib borish mumkin.

Sayt: mahalla.payme.uz/uz

Instagram: @payme.uz

Facebook: fb.com/payme.uz

Telegram: t.me/payme_uz

ONA jamoatchilik fondining Instagram sahifasi: @ona_foundation

Texnomart

Facebook: fb.com/texnomart

Instagram: @texnomart

Telegram: t.me/texnomart

Sayt: texnomart.uz

Youtube: Texnomart

Reklama

Mavzuga oid