Si Jinping Ukrainani qo‘llab-quvvatlash borasida hamon ikkilanib turibdi - Zelenskiy
Ukraina prezidenti Xitoy rahbariyati bilan uchrashib, Rossiya agressiyasini yengish yo‘llarini muhokama qilishga tayyorligini aytdi.
Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy Xitoy Xalq Respublikasi yetakchisi Si Jinpingni Rossiya agressiyasiga qarshi kurashda Ukrainani qo‘llab-quvvatlashga qo‘shilishga jur’at eta olmaydigan davlatlar rahbarlari qatoriga kiritdi.
UNIAN xabariga ko‘ra, Zelenskiy bu haqda 47 ta davlat va tashkilot ishtirok etgan Rossiya tajovuzi uchun adolat va javobgarlikka bag‘ishlangan Bucha sammitida aytib o‘tdi.
«Xitoy rahbari bilan munosabatimiz? Menimcha, aynan shu lahzada u ikkilanayotgan rahbarlardan biri desam ham bo‘ladi. Menimcha, biz uchun eng muhimi g‘alaba yo‘lida imkon qadar ko‘proq davlatlarni jalb etish uchun hamma narsani qilish, ular qanchalik uzoqda bo‘lishidan qat’i nazar. Menimcha bu aynan dunyoning urush ustidan qozongan g‘alabasini anglatadi», dedi Zelenskiy.
Davlat rahbari Ukraina g‘alabasi butun dunyo va ehtimoliy tajovuz haqida o‘ylayotgan buyuk davlatlar uchun saboq bo‘lishi kerakligini, bunday tajovuz sodir bo‘lmasligi kerakligini ta’kidladi.
«Totuvlikda va qurbonlarsiz yashash muhim. Agar biz rivojlanmoqchi bo‘lsak, bu juda muhim. Va shuning uchun biz bunday davlatlarga signallar yuboramiz va biz uchrashishga, muhokama qilishga va birgalikda Rossiya agressiyasini yengishga tayyormiz deb aytamiz. Biz ba’zi davlatlardan javob kutmoqdamiz», dedi Zelenskiy.
Ukraina Tashqi ishlar vazirligi Si Jinping Putinga ta’siridan foydalanib, uni Ukrainaga qarshi bosqinchilik urushini tugatishga majbur qilishini kutmoqda.
Zelenskiyning aytishicha, Ukraina Xitoyga tinchlik formulasini amalga oshirishda ishtirok etish uchun rasman taklif yuborgan.
20 mart kuni Si Jinping Moskvaga tashrif buyurib, Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashdi.
Yaqinda Xitoyning Yevropa Ittifoqidagi vakili Fu Tsun Pekin Xitoy rahbari Si Jinping va Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy o‘rtasida telefon suhbati yoki uchrashuv o‘tkazish imkoniyatini istisno qilmasligini aytgan edi.
Mavzuga oid
15:33 / 15.09.2024
Z‑blogerlar qo‘mondonlikni tanqid qilgan ikki rossiyalik harbiy halok bo‘lganini xabar qilishdi
23:07 / 14.09.2024
Ukraina o‘z ittifoqchilariga Rossiya hududidagi uzoq masofali raketalar uchun mo‘ljallangan nishonlar ro‘yxatini taqdim etdi - OAV
01:33 / 14.09.2024
Rossiya Modining talabidan keyin 45 nafar Hindiston fuqarosini armiya safidan bo‘shatdi
23:06 / 13.09.2024