Qozoğiston prezidenti Qosim-Jömart Töqayev Olmaota şahrida Markaziy Osiyo mamlakatlari uçun loyiha ofisini taşkil etiş va 2026 yilda Qozoğistonda BMT va boşqa xalqaro taşkilotlar şafeligida mintaqaviy iqlim sammitini ötkazişni taklif qildi. Bu haqda Oqörda xabar berdi.
«Mintaqamizning ikkita yirik daryosi – Sirdaryo va Amudaryodagi suv sathi 2050 yilga borib qariyb 15 foizga kamayadi. Mintaqada ekologik halokatning oldini oliş maqsadida Orolni qutqariş xalqaro jamğarmasini qöllab-quvvatlaş uçun köproq mablağ ajratişga çaqiramiz. Suv muammosi va iqlim özgarişi bir-biri bilan çambarças boğliq. Markaziy Osiyo – suv xavfsizligiga faqat yaqin hamkorlik va samarali tanlangan qöşma çora-tadbirlar orqali erişiş mumkin bölgan mintaqadir», dedi Töqayev 8 iyun kuni Ostona xalqaro forumida sözlagan nutqida.
Qozoğiston rahbari ta’kidlaganidek, Markaziy Osiyoda qurğoqçilik va suv toşqinlari yiliga yalpi içki mahsulotning 1,3 foizi miqdorida zarar yetkazadi, ekinlar hosildorligi 30 foizga pasayadi, bu esa 2050 yilga borib 5 million içki iqlim muhojirining paydo bölişiga olib kelişi mumkin. Töqayevning eslatişiça, muzliklar yuzasi allaqaçon 30 foizga qisqargan.
Töqayev sözlariga köra, Qozoğiston ulkan yaşil iqtisodiyot imkoniyatlarini taqdim etişi va qayta tiklanadigan energiya markaziga aylanişi mumkin.
«Biroq, vaqt biz tomonda emas. Karbonsizlantiriş va yaşil iqtisodiyotni zarur tezlikda barpo etiş uçun bizga resurslar va hamkorlik kerak. Global iqlim bilan boğliq favqulodda vaziyat bizning özaro boğliqligimiz va umumiy taqdirimizning eng yorqin namunasidir. Biz xohlaymizmi yoki yöqmi, bir-birimiz bilan boğlanganmiz. Bu haqiqatni hisobga olsak, qanday qilib birgalikda işlaşni öylab topganlar muvaffaqiyatga erişadi, qodir bölmaganlar esa barbod böladi», dedi u.
Qozoğiston prezidenti BMT tamoyil va qadriyatlari bu muammoni hal etişning eng samarali yöli emas, balki yagona yöl ekanini ta’kidladi.

















