Turkiya poytaxtidagi raketa zavodida portlash yuz berdi
Portlash oqibatida bir bino qulab tushdi, 5 kishi halok bo‘ldi, deb xabar qildi Turkiya rasmiysi. Rasmiylar portlash dinamit ishlab chiqarishdagi kimyoviy reaksiya natijasida sodir bo‘lgan deb hisoblamoqda.
Turkiya poytaxti Anqara chekkasida raketa va portlovchi moddalar ishlab chiqaradigan zavod hududida portlash yuz berdi. 10 iyun, shanba kuni rasmiylar vakilining xabar berishicha, buning natijasida bitta bino qulab, ichidagi barcha besh kishi halok bo‘lgan.
Rasmiy vakil ma’lumotlariga ko‘ra, portlash mahalliy vaqt bilan taxminan soat 8:45 da «Mashinasozlik va kimyo sanoati korporatsiyasi» (Mechanical and Chemical Industry Corporation) davlat korxonasi hududida sodir bo‘lgan. Taxminlarga ko‘ra, portlash dinamit ishlab chiqarishdagi kimyoviy reaksiya tufayli yuz bergan.
Mahalliy OAV tutun ko‘tarilayotgani va tez yordam mashinalari ketayotgani aks etgan kadrlarni namoyish etdi. Portlash to‘lqini qo‘shni uylar va do‘konlarning oynalarini sindirib yuborgan.
Dekabr oyida Turkiyaning Samsun portida kemalar chiqindilarini qabul qiluvchi zavod sisternasida portlash sodir bo‘lgan edi. O‘shanda yong‘in tezda o‘chirilgan, hech kim jabrlanmagandi.
Mavzuga oid
19:24 / 31.12.2024
Turkiya Suriyani elektr energiyasi bilan ta’minlashga va’da berdi
15:52 / 30.12.2024
O‘zbekiston mahsulotlari Turkiya porti orqali Yevropa va Afrikaga eksport qilinishi mumkin
08:51 / 30.12.2024
Kurdlarning qamoqdagi yetakchisi o‘z guruhini qurollarni tashlashga chaqirmoqchi
20:48 / 25.12.2024