O‘zbekiston | 07:53 / 22.06.2023
4659
2 daqiqa o‘qiladi

"Yoshlar daftari"ga kiritilganlarga ijara haqini to‘lash uchun qanday yordam beriladi?

"Yoshlar daftari"ga kiritilgan shaxslarga qonunchilikka ko‘ra bir qator imtiyozlar berilgan.

Imtiyozlar yashayotgan uyining ijara to‘lovini to‘lashda va tadbirkorlik bilan shug‘ullanayotgan binosining ijara haqini to‘lashda qo‘llanadi

Bu imtiyozlar quyidagi ko‘rinishda bo‘ladi:

1. "Yoshlar daftari"ga kiritilgan yosh tadbirkor yoki o‘zini o‘zi band qilgan yosh fuqaroga biznesini yuritayotgan binosi (noturar joy)ning 12 oygacha ijara xarajatlarining bir yilda 30 foizi, (BHMning 25 baravarigacha bo‘lgan qismi) to‘lab beriladi.

2. Ijtimoiy himoyaga muhtoj yosh oilalarga yashayotgan xonadonining ijara to‘lovi uchun subsidiya ajratiladi. Bu kompensatsiya 12 oygacha har oyda BHMning 3 baravaridan (990 000 so‘m) oshmagan miqdorda beriladi.

Faqat bunda bir qator talablar bor:

  • er-xotinning har ikkisi o‘ttiz yoshdan oshmagan (o‘ttiz bir yoshga to‘lmagan) bo‘lishi;
  • mulk huquqi asosida turar joyi bo‘lmagan, ilgari maqsadli dasturlar doirasida imtiyozli ipoteka kreditlari orqali kvartira yoki yakka tartibdagi uy-joylar olmagan;
  • ipoteka kreditlari bo‘yicha subsidiyalar yoki uy-joylar ta’minoti bilan bog‘liq boshqa imtiyozlardan foydalanmagan;
  • har ikkisi yoki biri "Yoshlar daftari"ga kiritilgan bo‘lishi kerak.
Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid