O‘zbekiston | 11:42 / 23.06.2023
11719
1 daqiqa o‘qiladi

Senat O‘zbekiston-Qozog‘iston chegarasi to‘g‘risidagi shartnoma ratifikatsiya qilinishini ma’qulladi

O‘zbekiston Senatida ma’lum qilinishicha, O‘zbekiston-Qozog‘iston davlat chegarasini belgilash bo‘yicha ishlar to‘liq yakunlangan.

Ochiq manbalardan olingan surat

Senat qirq ikkinchi yalpi majlisida “O‘zbekiston bilan Qozog‘iston o‘rtasida O‘zbekiston – Qozog‘iston davlat chegarasini demarkatsiya qilish to‘g‘risidagi shartnomani ratifikatsiya qilish haqida”gi qonun ko‘rib chiqildi.

Hujjat O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev tomonidan uning 2022 yil 21 dekabr kuni mamlakatga davlat tashrifi chog‘ida imzolangan edi.

Shartnomaga ko‘ra, O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi davlat chegarasining demarkatsiya qilingan chizig‘i uzunligi 2 356 kilometrdan ortiqdir.

Shartnoma bilan O‘zbekiston-Qozog‘iston davlat chegarasini belgilash bo‘yicha ishlar to‘liq yakunlandi hamda chegara xavfsizligi va daxlsizligini ta’minlash uchun eng muhim shart-sharoitlar yaratildi.

Qonun senatorlar tomonidan ma’qullandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid