O‘zbekiston | 22:53 / 23.06.2023
26195
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkent shahar hokimi o‘rinbosari pora bilan qo‘lga olingani rad etildi

Hokimlik matbuot xizmatiga ko‘ra, jinoyat ustida ushlangan shaxs hech qachon poytaxt hokimligida mansabdor lavozimda ishlamagan.

Foto: Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati

Internetda Toshkent shahar hokimligining qurilish bo‘yicha bo‘lim boshlig‘i Lutfulla Almanov 2500 dollar miqdorida pora olayotgan paytda Prokuratura huzuridagi departament tomonidan hibsga olingani haqida xabarlar tarqaldi.

Poytaxt hokimligi matbuot xizmati tomonidan e’lon qilingan bayonotda mazkur xabar yolg‘on va haqiqatga to‘g‘ri kelmasligi ta’kidlanadi.

Qayd etilishicha, Lutfulla Almanov Toshkent shahar hokimligida umuman ishlamagan. Ushbu shaxs 2019 yilning 27 iyunidan 2021 yil 24 noyabr kuniga qadar Uchtepa tuman hokimligida tuman hokimining uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish va obodonlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida ishlagan. Ya’ni bundan qariyb ikki yil oldin o‘z arizasiga ko‘ra vazifasidan ozod qilingan.

Жамшид Ниёзов
Tayyorlagan Жамшид Ниёзов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid