23 iyun kuni bölib ötgan Oliy sud Plenumining navbatdagi majlisida Oliy sud Plenumining “Odil sudlovni amalga oşirişda Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi normalarini töğridan töğri qöllaşning ayrim masalalari töğrisida”, “Firibgarlikka oid işlar böyiça sud amaliyoti töğrisida”, “Reabilitatsiya etilgan şaxsga yetkazilgan ziyonni qoplaş va uning boşqa huquqlarini tiklaş böyiça sud amaliyotining ayrim masalalari töğrisida” va “Intellektual mulkka oid işlarni körib çiqişning ayrim masalalari töğrisida”gi qarorlari qabul qilindi.
Qayd etilişiça, keyingi paytda mulkka tajovuz qiliş bilan boğliq jinoyatlar orasida firibgarlik turli xil yangi usullarda sodir etilayotganligi, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari imkoniyatlaridan foydalanilgan holda sodir etiş holatlari ortib borayotgani uşbu toifadagi işlarni doimiy tahlil qiliş orqali jinoyat sodir etilişiga olib kelayotgan omillarni aniqlaş hamda ularni bartaraf etiş yuzasidan zarur çora-tadbirlar işlab çiqiş lozimligini körsatmoqda.

“Bundan taşqari, firibgarlik bilan boğliq işlarni köriş böyiça şaxsning harakatlariga qonuniy va asosli baho berişda, qilmişni töğri kvalifikatsiya qilişda, jinoyat tarkibi hamda fuqarolik-huquqiy munosabat örtasidagi farqni aniqlaşda yagona sud amaliyoti yölga qöyilmagani Oliy sud Plenumining 2017 yil 11 oktyabrdagi «Firibgarlikka oid işlar böyiça sud amaliyoti töğrisida»gi qarorini tanqidiy qayta körib çiqişni taqozo qildi”, deyiladi Oliy sud matbuot xizmatining xabarida.
Firibgarlik bilan boğliq jinoyat işlarini körişda, ayniqsa, fuqarolik-huquqiy munosabatlaridan kelib çiqqan nizolarni firibgarlik jinoyatlaridan farqlaşda anglaşilmovçiliklar kelib çiqayotgani, qonun normalari bir xilda va töğri qöllanişini ta’minlaş maqsadida Plenumning “Firibgarlikka oid işlar böyiça sud amaliyoti töğrisida”gi qarori yangi tahrirda qabul qilindi.

Reabilitatsiya – bu asossiz jinoiy ta’qibga uçragan şaxsning buzilgan huquq va erkinliklarini tiklaşdir. Keyingi yillarda mamlakatimizda amalga oşirilayotgan islohotlar davomida minglab şaxs reabilitatsiya qilinib, ularning buzilgan huquqlarini tiklaş haqida sud qarorlari çiqarildi. Biroq reabilitatsiya etilgan şaxslarga yetkazilgan ziyonni qoplaş va ularning boşqa huquqlarini tiklaşda nafaqat sudlarda, balki bu masalaga doir mutasaddi idoralarda ham yillar davomida tuşunmovçiliklar yuzaga kelayotganligi sababli “Reabilitatsiya etilgan şaxsga yetkazilgan ziyonni qoplaş va uning boşqa huquqlarini tiklaş böyiça sud amaliyotining ayrim masalalari töğrisida”gi yangi Plenum qarori loyihasi işlab çiqilib, qabul qilindi. Unda ilk bor aynan kimlar reabilitatsiya qilingan şaxs, deb hisoblanişi, qaysi hollarda yetkazilgan mulkiy ziyonlar töla hajmda qoplanişi va boşqa muhim tuşuntirişlar berib ötilgan.



















