Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Elektr va gaz sohasidagi huquqbuzarliklar haqida xabar berganlarga to‘lanadigan pul miqdori ma’lum bo‘ldi
Elektr, issiqlik energiyasi, gazdan foydalanish qoidalarini buzish bilan bog‘liq huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi fotosuratlar va (yoki) videoyozuvlarni qabul qilish, ko‘rib chiqish hamda ularni taqdim etgan shaxslarni rag‘batlantirish tartibi haqidagi nizom loyihasi e’lon qilindi.
Energetika vazirligi, Bosh prokuratura hamda Raqamli texnologiyalar vazirligi va Ichki ishlar vazirligi tomonidan elektr energiyasi, issiqlik energiyasi va gazdan foydalanishni nazorat qilish, shuningdek, yoqilg‘i-energiya resurslarini talon-toroj qilish, ulardan oqilona foydalanishga nisbatan beparvo munosabatda bo‘lishni oldini olish sohasida jamoatchilik nazoratini amalga oshirishga qaratilgan “Energonazorat” platformasi ishlab chiqilyapti.
Belgilab qo‘yilishicha:
a) 2023 yil 1 sentabrdan boshlab:
jismoniy shaxslarning videokuzatuv va tasvirga olish texnika vositalari hamda mobil qurilmalari (videotexnika vositalari) orqali qayd etilgan elektr, issiqlik energiyasi, gazdan foydalanish qoidalarini buzish bilan bog‘liq huquqbuzarliklar (huquqbuzarliklar) Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksida belgilangan tartibda ko‘rib chiqiladi;
b) huquqbuzarlik holatlari to‘g‘risidagi videoyozuvlarni yuborgan shaxslar huquqbuzardan undirilgan jarima hisobidan bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravarigacha (660 ming so‘m) bo‘lgan miqdordagi pul mukofoti bilan rag‘batlantiriladi;
v) jismoniy shaxslarning videotexnika vositalari orqali qayd etilgan huquqbuzarlik holatlari bo‘yicha huquqbuzarlardan undirilgan jarimalar quyidagilarga yo‘naltiriladi:
Energetika vazirligi huzuridagi Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi (“O‘zenergoinspeksiya”) hisobvarag‘iga – undirilgan summaning 50 foizi;
tegishliligi bo‘yicha elektr va issiqlik energiyasi hamda tabiiy gaz ta’minoti korxonalari hisobvaraqlariga – undirilgan summaning 50 foizi;
g) huquqbuzarlik holatlari to‘g‘risidagi videoyozuvlarni taqdim etgan shaxslar to‘g‘risidagi ma’lumotlarning oshkor etilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Belgilab qo‘yilishicha:
a) Energetika vazirligi va Raqamli texnologiyalar vazirligi “Energonazorat” platformasining samarali ishlashini ta’minlash bo‘yicha mas’ul organlar hisoblanadi;
b) axborot tizimlaridagi mobil ilovalar quyidagi imkoniyatlarni nazarda tutadi:
yoqilg‘i-energiya resurslaridan to‘g‘ri foydalanish bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish bo‘yicha samarali jamoatchilik nazoratini o‘rnatish;
jismoniy shaxslar tomonidan aniqlangan huquqbuzarlik to‘g‘risidagi fotosuratlar va (yoki) videoyozuvlarni “O‘zenergoinspeksiya”ga manzil (geografik joylashuv, lokatsiya) belgilari bo‘yicha yuborish;
huquqbuzarlik holatlari haqida xabar bergan jismoniy shaxslarni pul mukofotlari bilan rag‘batlantirish;
huquqbuzarliklar, normativ-huquqiy hujjatlar va statistik ma’lumotlar bazasi bilan tanishish;
sodir etilgan huquqbuzarliklar yuzasidan ma’muriy huquqbuzarlik hujjatlarini (bayonnoma va qarorlarni) elektron shaklda tuzish orqali ushbu huquqbuzarliklar haqidagi ma’lumotlarni Ichki ishlar vazirligining Ye-ma’muriy ish tizimiga kiritish;
hududlar va tumanlar (shaharlar) kesimida aniqlangan sohaga oid huquqbuzarliklar to‘g‘risida ma’lumotlarni joriy etish hamda yuritish.
Mavzuga oid
20:10 / 15.05.2026
Ehtiyojmand oilalarga beriladigan kompensatsiya miqdorlari oshiriladi
13:04 / 03.05.2026
PPX xodimini 14 yoshli qizga shilqimlik qilganlikda ayblagan yigit qamaldi
10:03 / 01.05.2026
Elektrdagi yo‘qotishlari yuqori bo‘lgan 44 ta hududning elektr korxonasi rahbari ishdan olindi
09:13 / 25.04.2026