Tomoshabinlar antirekordi qayd etilgan OKMK – «Lokomotiv» o‘yinidan fotojamlanma
O‘zbekiston kubogi 1/8 final doirasidagi navbatdagi o‘yin OKMK va «Lokomotiv» o‘rtasida bo‘lib o‘tdi.
2 avgust kuni «Paxtakor» stadionida o‘tgan bahsning 1-bo‘limi 26 va 34-daqiqalarida Martin Boake dublini rasmiylashtirgan bo‘lsa, ikkinchi bo‘limda hujumlar sonini oshirgan «temiryo‘lchilar» 76-daqiqaga kelib Nurmuhammad Toshpo‘latovning goli evaziga hisobni qisqartira oldi - 2:1.
Shu tariqa Mirjalol Qosimov murabbiyligidagi olmaliqliklar g‘alaba qozonib chorakfinalga yo‘l oldi, «temiryo‘lchilar» esa bor e’tiborni Pro ligaga qaratadigan bo‘ldi.
Qayd etish joiz, shu kuni «Paxtakor» stadionida tomoshabinlar tashrifi borasida mavsum antirekordi qayd etildi. O‘yinlarini Toshkentda o‘tkazayotgan ikki jamoaning o‘yiniga jami – 187 nafar tomoshabin tashrifi kuzatilgani qayd etilgan.
Tribuna.uz fotomuxbiri Hasan Yusupov mazkur bellashuvdan fotojamlanma tayyorladi.
Mavzuga oid
17:00 / 30.08.2024
OKMKda Istiqlol inshootlari foydalanishga topshirildi
10:00 / 04.07.2024
OKMK: Olti oyda 1 mln kWh yashil elektr energiyasi ishlab chiqarildi
19:00 / 15.05.2024
OKMK: “HG-AMMC” MChJ qo‘shma korxonasi qurilishiga start berildi
16:01 / 27.04.2024