O‘zbekiston | 20:51 / 15.08.2023
6907
1 daqiqa o‘qiladi

Uzbekistan Airways Toshkent–Myunxen–Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha muntazam reyslarni yo‘lga qo‘yadi 

Parvozlar 29 oktyabrdan boshlanadi. 

Foto: Getty Images

Uzbekistan Airways aviakompaniyasi Toshkent – Myunxen – Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha muntazam reyslar yo‘lga qo‘yilishini e’lon qildi. 

Parvozlar 29 oktyabrdan boshlanadi va haftasiga ikki marta: chorshanba va yakshanba kunlari amalga oshiriladi. 

Aviachiptalarni 15 avgustdan boshlab xarid qilish mumkin. 

Mavzuga oid