Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
34 ta tuman va shaharda sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi o‘tgan yilga nisbatan pasaygan
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida sanoat korxonalari barqaror ishlashi uchun tarmoq va hududlarda amalga oshirilayotgan ishlar muhokamasiga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi boshlandi.
Foto: Prezident matbuot xizmati
Prezident yig‘ilishda o‘tgan yetti oyda sanoat mahsulotlari hajmi 5,7 foizga o‘sib, 345 trillion so‘mga yetganini ta’kidladi. Bu ko‘rsatkich elektrotexnika sanoatida 46 foizni, yengil avtomobillar ishlab chiqarishda 16 foiz, qurilish materiallarida 12 foiz, tayyor kiyim-kechak ishlab chiqarishda 11 foizni tashkil qilib, yuqori sur’atlarda o‘sdi.
Joylarda ishlar to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilgani bois 25 ta tuman va shaharda sanoat hajmi 10 foizdan ko‘paygan. Bo‘zatov, Kegeyli, Qo‘ng‘irot, Xo‘jayli, Andijon, Olot, Shofirkon, G‘allaorol, Kitob, Nishon, Konimex, Chortoq, Oqdaryo, Bulung‘ur, Ishtixon, Paxtachi, Oltinsoy, Bandixon, Boysun, Qiziriq, Parkent, Buvayda, Uchko‘prik tumanlari, Kattaqo‘rg‘on va Nurafshon shaharlarida sanoat yuqori sur’atda o‘sgan.
Shu bilan birga, 34 ta tuman va shaharda sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi o‘tgan yilga nisbatan pasaygan. Ayrim tarmoqlarda, shu jumladan farmatsevtika, charm-poyabzal, to‘qimachilik sanoatida ishlab chiqarish va eksport ko‘rsatkichlarining o‘sish sur’ati sekinlashgan.
Sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmini oshirish bo‘yicha yangi imkoniyat va zaxiralarni aniqlash uchun hududlarga ishchi guruhlari bordi.
Misol uchun, Toshloqda yil yakunigacha qo‘shimcha 1 trillion so‘mlik mahsulotlar ishlab chiqarish imkoniyati aniqlangan. Ishlab chiqarishni kamaytirgan 23 ta sanoat korxonasida quvvatlarni tiklash hisobiga 900 milliard so‘mlik mahsulotlar ishlab chiqarish bo‘yicha barcha hisob-kitoblar bor. Tumandagi 22 ta yangi loyihani ishga tushirishni tezlashtirish evaziga qo‘shimcha 50 milliard so‘mlik mahsulotlar ishlab chiqarish imkoni bor.
Yana bir imkoniyat – tumanlarda sanoat kooperatsiyasini kengaytirib, import o‘rnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarish. Masalan, “Olmaliq” kombinati mahalliy sanoat korxonalari bilan kooperatsiyani yo‘lga qo‘yib, polimer, quyma ehtiyot qismlar, kimyoviy reagent kabi 1 trillion so‘mlik mahsulotlar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ygan.
Xuddi shunday imkoniyatlar Andijon, Qashqadaryo, Navoiy, Samarqand va Xorazmda ham mavjud. “Lekin bu borada viloyat hokimlarining mahalliylashtirish bo‘yicha yordamchilari ishi mutlaqo sezilmayapti. Ularda na taklif, na tashabbus bor”, - dedi prezident.
Mavzuga oid
22:37 / 02.02.2026
Xitoy ketma-ket 16 yildan buyon dunyodagi eng yirik kemasoz davlat maqomini saqlab turibdi
16:04 / 27.01.2026
2025 yilda sanoat ishlab chiqarishida yetakchi soha - ishlab chiqarish sanoati
15:46 / 06.12.2025
O‘zbekistonda sanoat faoliyatini tartibga soluvchi yangi qonun qabul qilinadi
23:12 / 19.11.2025