13:42 / 10.09.2023
11374

Rossiyaliklarga Yevropa Ittifoqiga smartfonlar bilan va shaxsiy mashinalarida kirib kelish taqiqlandi

Rossiyaliklarga shaxsiy smartfonlari, noutbuklari, hattoki kosmetik vositalari bilan, shuningdek, Rossiyada ro‘yxatga olingan shaxsiy avtomobillarida kirib kelish taqiqlandi. Yevrokomissiyaga ko‘ra, bu narsalarning Yevropa Ittifoqi davlatlariga olib kirish taqiqlangan import sifatida baholanishi mumkin.

YeI chegarasidan o‘tish jarayoni. Foto: zr.ru

Saksiya qonunchiligining bunday talqin etilishini Yevropa komissiyasi tasdiqlagan va o‘z rasmiy saytida e’lon qilgan, deb yozadi Forbes Russia.

«Agar transport vositasi XXI ilovadagi (jumladan, 8703) bojxona kodlariga to‘g‘ri kelsa, Rossiyadan chiqib kelgan yoki eksport qilingan bo‘lsa undan shaxsiy yoki tijoriy maqsadlarda foydalanilayotganining ahamiyati yo‘q. Bu ko‘p hollarda Rossiya davlat raqami belgilariga ega va Rossiyada ro‘yxatga olingan transport vositalariga taalluqli», — deyiladi hujjatda.

Hujjatda ko‘rsatilishicha, avtomobilning Yevropa Ittifoqi hududida ehtimolli bo‘lish davri «va shunga binoan u tushuvchi bojxona jarayonlari» ham ahamiyatga ega emasligi ta’kidlangan.

Tushuntirishga ko‘ra, bu Rossiyadan YeI davlatlariga import qilishi taqiqlangan boshqa shaxsiy buyumlarga ham taalluqli. Bryusseldagi Acquis yuridik firmasining sanksiyalar bo‘yicha mutaxassisi Yuriy Shumilovning RBC’ga tushuntirishicha, bu ro‘yxatga noutbuklar, smartfonlar, kometika vositalari va hattoki jomadonlar kiradi. Bundan tashqari charmdan tayyorlangan buyumlar, qimmatbaho va yarimqimmatbaho toshlar, hojatxona qog‘ozi, shampunlar, tish pastalari, yuk tashish uchun avtomobil tirkamalari va yarimtikamalari, yaxta va fotokameralar ham kiradi

Avvalroq rossiyaliklar Germaniyaga kirib kelishda shaxsiy avtomobillari hibsga olinishiga duchor bo‘lishgandi. Ilk bunday holatlar may oyidan boshlab ma’lum bo‘la boshladi. Iyul oyida Germaniya bojxona bosh boshqarmasining markaziy ma’lumotxonasi sanksiyalar tufayli rossiyaliklardan RF avtoraqamlariga ega avtomobillar olib qo‘yilishi mumkinligini xabar bergan edi. Rossiya fuqarolari bilan allaqachon bir necha shunday holat ham ro‘y berishga ulgurgan.

Rossiya elchixonasi vaziyat aniqlangunga qadar Germaniyaga mashinada bormaslikni maslahat berdi. Germaniya bojxonachilari avtomobillar Yevropa Ittifoqiga qonuniy asoslarda, sotish uchun emas, vaqtinchalik foydalanish uchun olib kirilayotgan shaxsiy mulk ekani to‘g‘risdagi iddaolarni qabul qilmayapti, deya ogohlantirgan elchixona. Boz ustiga, odamlar Germaniya qonunchiligini buzgani uchun jinoiy ta’qib qilinishi mumkinligi to‘g‘risida ham ogohlantirilgan.

Top