O‘zbekiston | 07:34 / 16.09.2023
11321
2 daqiqa o‘qiladi

Internetda Tashkent Air aviakompaniyasining birinchi samolyoti surati paydo bo‘ldi

Samolyot O‘zbekistonga o‘tgan yilning oktyabr oyida yetkazilgan edi.

Foto: Tashkent Air

Ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbekistonning Tashkent Air aviakompaniyasining birinchi samolyoti suratlari paydo bo‘ldi. Bunga «Novosti Tashkenskogo Neba» Telegram-kanali e’tibor qaratdi

Planespotters.net sayti ma’lumotlariga ko‘ra, Tashkent Air mahalliy aviakompaniyasi parki O‘zbekistonga 2022 yil oktyabr oyida yetkazib berilgan bitta Airbus A330−200 samolyotidan iborat. Tuluzada ishlab chiqarilgan samolyot deyarli 21 yoshda. 

Tashkent Air aviakompaniyasining birinchi samolyoti allaqachon ro‘yxatdan o‘tgan - UK33077. Unda aviakompaniya nomi ham bor. 

Dastlab Airbus A330−200 Parij havo bandargohida joylashgan XL Airways France fransuz aviatashuvchisiga tegishli edi. Kompaniya uzoq yillar davomida turli aviatashuvchilarga samolyotlarni ijaraga berib kelmoqda. Samolyotning so‘nggi ekspluatanti Turkiyaning Onur Air kompaniyasi bo‘lib, u bortni 2020 yil aprel oyida qabul qilib olgan.

Tashkent Air Centrum Air, Silk Avia va Asia Union Airlines bilan birgalikda joriy yilning birinchi yarmida ish boshladi. 

Mavzuga oid