O‘zbekiston | 10:17 / 16.09.2023
8769
1 daqiqa o‘qiladi

Zarafshon shahrida ilk bor buyrak ko‘chirish amaliyoti o‘tkazildi

​​​​​​​5 soat davom etgan jarrohlik amaliyotida 37 yoshli ukaning chap buyragi 44 yoshli akaga muvaffaqiyatli ko‘chirilgan. 

Foto: Zarafshon shahar hokimligi

Navoiy viloyati markazidan qariyb 200 km olisda joylashgan Zarafshon shahrida ilk bor murakkab jarrohlik amaliyoti – buyrak transplantatsiyasi amalga oshirildi. Bu haqda Kun.uz’ga shahar hokimligi matbuot xizmati rahbari xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, shahar tibbiyot birlashmasida buyrak ko‘chirish amaliyoti bajarilgan. Murakkab jarrohlik amaliyot Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi transplantologiya bo‘limi xodimlari hamda shahar shifokorlari hamkorligida amalga oshirilgan.

5 soat davom etgan amaliyotda shaharda istiqomat qiluvchi 37 yoshli Zarifjon Isoqovning chap buyragi o‘z akasi, 44 yoshli Salohiddin Isoqovga ko‘chirib o‘tkazilgan. Hozirda aka-ukaning ahvoli yaxshi.

Oldinroq Bolalar milliy tibbiyot markazida 6 soat davom etgan amaliyotda 11 yoshli qizga onasining buyragi ko‘chirib o‘tkazilgandi.

Mavzuga oid