Iqtisodiyot | 07:57 / 18.09.2023
14949
1 daqiqa o‘qiladi

Xitoy O‘zbekistonda yangi elektrotexnika mahsulotlari ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishi mumkin

Xitoyning Xian Electric Engineering kompaniyasi O‘zbekistonga investitsiya kiritmoqchi.

Foto: O‘zeltexsanoat

Xitoyning Xian Electric Engineering kompaniyasi rahbari boshchiligidagi delegatsiya O‘zbekistonda bo‘ldi

«O‘zeltexsanoat» uyushmasida bugun Xitoyning ushbu kompaniyasi mutasaddilari bilan uchrashuv tashkil etildi.

Tomonlar o‘zaro muloqot davomida hamkorlikda yangi turdagi elektrotexnika mahsulotlarini mahalliylashtirgan holda ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish, bunga mahalliy tadbirkorlarni jalb qilish va xorijiy hamkor bilan amalga oshiriladigan loyihalarga davlat tomonidan beriladigan imtiyozlarga oid masalalarni muhokama qildi.

Transformatorlarni, yuqori kuchlanishli kabellarni mahalliylashtirish, shuningdek, yuqori voltli uskunalarni sinovdan o‘tkazish laboratoriyasini tashkil etish istiqbollari ko‘rib chiqildi.

Mavzuga oid