Palma yoğining keng iste’mol qilinişi sabab Yerning ekvatorga yaqin qismlarida örmonlar kesilişi keskin davom etyapti. Bu esa iqlim özgarişi muammolarini kattalaştiradi.

Bunga yeçim topiş maqsadida Buyuk Britaniyaning Edinburg şahrida joylaşgan Qiroliça Margaret universiteti oziq-ovqat böyiça ekspertlari palma yoği örnini bosişi iddao qilinayotgan mahsulotni yaratdi.

PALMA-ALT haqida

Olimlar öz mahsulotlari hozirgi palma yoğiga qaraganda ekologiya uçun 70 foizga xavfsizroqligini, töyingan yoğlar darajasi 80 foizga, kaloriyasi esa 30 foizga kamroq ekanini da’vo qilyapti. Eng muhimi mahsulot tölaligiça ösimliklardan olinadi, sun’iy yaratilmaydi.

Olimlar jamoasining yetakçilaridan biri Katriona Liddlning aytişiça, ular yaratgan mahsulot tabiiy palma yoği bilan ta’m va köriniş jihatdan ham bir xil, hatto ta’mni ajratiş böyiça ötkazilgan sinovda ham iştirokçilar uni haqiqiysidan farqlay olmagan.

Yangi palma yoği örnini bosuvçi mahsulot PALM-ALT deb ataladi, u mayonezga öxşaş tuzilişga ega. Tarkibiga palma, kokos yoğlari, ziravor, şakar, ta’m va rang beruvçilar qöşilmagan, asosan, ziğir va kolza yoği hamda tabiiy tolalar asosida tayyorlanadi.

Palma sanoati

Butunjahon tabiatni muhofaza qiliş foni ma’lumotiga köra, ayni paytda palma yoği eng köp işlab çiqarilayotgan ösimlik moyi hisoblanadi. U jami işlab çiqariladigan yoğlarning 40 foizini taşkil qiladi.

Foto: Getty Images

Bu yoğ oziq-ovqat sanoatidan tortib kosmetika işlab çiqaruvçilar orasida ham ommabop, rangsiz, ta’msiz va hidsiz bölib, asl mahsulotning sifati, körinişi va ta’mi, hidini özgartirib yubormaydi. Tabiiy qöşimça sifatida mahsulotlarga silliqlik beradi, ularning körinişi uzoq vaqt yaxşi holatda saqlanişini ta’minlaydi. Yana yuqori haroratda ham tarkibini özgartirmasdan saqlab qoladi.

Şuning uçun palma yoğini şokoladlardan tortib şampun, tiş pasta va dezodorantlar tarkibida ham uçratamiz.