Bugun dunyoning yirik va qudratli davlatlari har yili harbiy xarajatlar uçun yuz milliardlab dollar mablağ sarflamoqda. Agar ularning harbiy texnikalari röyxatiga qaralsa, radarga körinmaydigan samolyotlardan tortib, yirik aviataşuvçi kemalargaça bor.
Ular orasida harbiy xarajatlar uçun eg köp mablağ sarflaydigan AQŞ alohida ajralib turadi.
Bu davlat köplab sönggi rusumdagi F-35 harbiy samolyotlari bilan birga yigirmadan oşiq yirik aviataşuvçi kemaga ham egalik qiladi. Bunday kemalarning har biriga 100 ga yaqin harbiy samolyotlar joylaşadi.
Bundan bir neça kun oldin Falastinning Ğazo sektorini nazorat qiluvçi HAMAS va Isroil örtasida navbatdagi qurolli mojaro boşlandi. Bu safar hujumni arablar boşladi va aksariyat davlatlar taşkilotning bu işini qoralab çiqişdi. Dunyo musulmonlari esa Isroil falastinliklardan qattiq öç oladi deb xavotirga tuşdi.
Şunday vaziyatda Isroilning eng yaqin ittifoqçisi bölgan AQŞ darhol Örta Yer dengizida, Isroil qirğoqlari yaqinida «Jyerald Ford» aviataşuvçi kemasini yubordi.
AQŞning bu işi bir qança mamlakat rahbarlari tomonidan tanqid ostiga olindi. Jumladan, Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdöğan AQŞ aviataşuvçisi falastinliklarni qirişda Isroilga yordam beriş uçun kelayotganini aytib çiqdi.
2023 yil 13 oktyabr kuni AQŞdan Örta Yer dengiziga qarab ikkinçi aviataşuvçi «Duayt Eyzenxauer» nomli kema yölga çiqqani ma’lum böldi.
Bu aviataşuvçi kemalar AQŞ harbiylarining eng kuçli texnikalari hisoblanadi. Ularning har biri AQŞga 10 mlrd dollardan oşiqroqqa tuşgan va ularga 100 ga yaqin samolyot va vertolyotlar joylaşa oladi.
Bunday yirik aviataşuvçi kemalar jahonning yana bir neçta davlatida bor xolos. Quyida aviataşuvçilarning yaratiliş tarixi va ularning imkoniyatlari haqida söz yuritamiz.

www.alamy.com
Aviataşuvçi kemalar tarixi
Agar aviataşuvçilar tarixiga nazar taşlansa, ikkinçi jahon uruşigaça Britaniya bunday kemalar soni köpligi böyiça birinçi örinda turgan. Uruşdan söng AQŞ harbiy xarajatlarni keskin oşirgan va samolyotlarni taşiydigan önlab yirik kemalar yasagan.
Aviataşuvçilar tarixi XX asr boşlariga borib taqaladi. Kemadan ilk parvozni 1910 yil 14 noyabr kuni amerikalik Yujin B. Eli amalga oşirgan. U «Birmingem» kreyseri palubasidan kiçik samolyot bilan parvoz qilgan.
Oradan ikki oy ötib, 1911 yil 18 yanvar kuni Yujin boşqa bir kema, «Pensilvaniya» kreyseriga qönadi. Har ikki kreyser palubasida samolyot qönişi uçun vaqtinçalik joy qilingan edi.
Birinçi maxsus yasalgan aviataşuvçi HMS Ark Royal kemasi hisoblanadi. U britaniyaliklar tomonidan 1915 yilda yasab çiqilgan va birinçi jahon uruşida Örta Yer dengizida turklarning pozitsiyalarini bombardimon qilişda qatnaşgan.
Keyinroq, 1917 yilda britaniyaliklar HMS Argus kreyserini yasaşadi. Uning uzunligi 172,5, eni 20,7 metr bölgan. Bir yildan söng britaniyaliklar yanada kattaroq va uzunroq bölgan aviataşuvçini suvga tuşirişadi. HMS Furious deb nomlangan bu kreyserning uzunligi 239, eni 26,8 metr edi. Uşbu kema britaniyaliklarga 1948 yilgaça xizmat qilgan.
Amerikaliklar ilk aviataşuvçi USS Langley kemasini 1920 yilda suvga tuşirişadi. Harbiy qudratini oşirib borayotgan Yaponiya ham öşa yili öz aviataşuvçisini yasab çiqadi.

www.alamy.com
Agar XX asr boşlarida aviataşuvçi kemalar quriş böyiça Britaniya oldinda bölsa, köp ötmay amerikaliklar ularni quvib ötadi.
Ikkinçi jahon uruşi boşlanişi arafasida AQŞda 150 dan oşiq turli ölçamdagi aviataşuvçi kemalar, Britaniya va Yaponiyada esa öndan oşiq aviataşuvçi kema bor edi. Fransiya birinçisini tayyorlayotgandi. Germaniyada esa bunday kema bölmagan.
Ikkinçi jahon uruşida tomonlar 180 ta aviataşuvçidan foydalangan. Ularning eng köp AQŞga tegişli bölgan – 143 ta.
Britaniya 18 ta, Yaponiya 19 ta aviataşuvçisidan foydalangan. Uruş tugagunça yaponlar barça kemalarini yöqotişgan. Britaniya 8 ta, AQŞ 11 ta kemasidan ayrilgan. AQŞ öz aviataşuvçilaridan asosan Tinç okeanida Yaponiyaga qarşi janglarda foydalangan.
Ikkinçi jahon uruşidan keyin harbiy aviatsiya yanada rivojlanadi va şunga qarab aviataşuvçi kemalarning ölçamlari ham kattalaşib boradi.
1960-90 yillarda aviataşuvçilarni qurişda AQŞ ustunlik qilişda davom etadi va bu masalada özining asosiy raqobatçisi SSSRni katta farq bilan ortda qoldiradi.

www.alamy.com
SSSRning aviataşuvçilarni yasab çiqişda yutqazganining asosiy sababi harbiy samolyotlarning mukammal emasligi va mablağ bilan boğliq edi. Ya’ni SSSRda işlab çiqarilayotgan harbiy samolyotlar qisqa masofada uçib qöna olmasdi.
Ular uçib qöna oladigan juda katta ölçamdagi aviataşuvçilarni quriş uçun ön milliardlab dollar kerak bölardi. Şundoq ham iqtisodiy qoloq bölgan sovetlarda bitta kema quriş uçun bunça pul topilmasdi. Şu sababli SSSRda bor-yöği bir neçta aviataşuvçi işlab çiqariladi. Biroq ulardan ham tuzuk-quruq foydalana olişmaydi.
Amerikaliklar esa ikkinçi jahon uruşi tugagan paytdan boşlab aviataşuvçilarning palubasiga bemalol uçib qönadigan zamonaviy samolyotlarni yasay boşlaşadi. Şunga hamohang yana köplab aviataşuvçi kemalar ham yasaladi.
Qisqa masofada uçib qöna oladigan harbiy samolyotlar bilan boğliq muammo Rossiyada haligaça bor. Şu sababli ham bugun bu davlat harbiylarida bironta aviataşuvçi kema yöq. Bori ham ta’mirtalab.
Masalan, Rossiyada işlab çiqariladigan zamonaviy Su-30 samolyoti qönişi uçun minimal tarzda 550 metr masofa kerak. AQŞ harbiy samolyotlari esa 250-350 metr masofaga ham qöna oladi.

www.alamy.com
Aviataşuvçilarning texnik tavsifi
Hozirda bir qator davlatlar foydalanayotgan aviataşuvçi kemalarning uzunligi 182 metrdan 342 metrgaça yetadi. Yaqin yillarda uzunligi 400 metr bölgan kemalar yasalişi rejalaştirilmoqda.
Aksariyat aviataşuvçi kemalarning yuqori qismida faqat samolyot va vertolyotlarni saqlaş uçun joy hamda uçiş-qöniş yölagi qilingan. Palubaning örtasida antenna va radar uskunalari joylaşgan.
Kemaning boşqaruv punkti, maşina bölimi, ekipaj uçun yotoqxona, dam oliş va ovqatlaniş xonalari va boşqa turli uskunalar pastda joylaştirilgan.
Ança yillardan buyon aviataşuvçi kemalarda uçiş yölagining oxirida tramplin qilinmoqda. Bunda yölakning bir qismi tepaga kötarilib boradi va tez borgan samolyot birdaniga havoga kötarilib ketadi.
Quyida AQŞ Örta Yer dengiziga yuborgan aviataşuvçilaridan biri, AQŞning 38-prezidenti nomi bilan atalgan «Jyerald Ford»ning texnik xarakteristikasi:
- Uzunligi – 337 metr;
- Eni – 41 metr (qöşimça uskunalar bilan 78 metr;
- Balandligi – 76 metr;
- Dvigatel – ikkita yadro reaktorli;
- Harakatlantiruvçi – 4 ta;
- Maksimal tezligi – soatiga 56 km;
- Uzoq masofaga suzişi – çeklanmagan;
- Avtonom holda suzişi – kamida 100 sutka
- Ekipaj a’zolari soni – 4 660 nafar;
- Qurollari – turli raketalar, radarlar va boşqa qurollar;
- Aviatsiya guruhi – 90 ta F-35C, F/A-18E/F, EA-18G, E-2D, C-2A, MH-60R/S kabi samolyot va vertolyotlari joylaşa oladi.

www.alamy.com
Jyerald Ford» 2013 yil 9 noyabr kuni suvga tuşirilgan. 2017 yil 31 maydan boşlab AQŞ dengiz kuçlari foydalana boşlagan. Uni qurişga 12,8 mlrd, uni qöşimça jihozlaşga 4,7 mlrd dollar sarflangan.
AQŞning 34-prezidenti nomi bilan atalgan «Duayt Eyzenxauer» aviataşuvçisi 1975 yil 11 oktyabrda suvga tuşirilgan. AQŞ harbiy dengiz kuçlari 1977 yil 18 oktyabrdan foydalana boşlagan.
Uşbu kemaga 3 200 nafar ekipaj a’zosi xizmat körsatadi. Unga 90 ta samolyot va vertolyot joylaşa oladi. Kemaning uzunligi 340, eni 76,8, metr bölib, u raketalar, radar moslamalari va boşqa qurollar bilan jihozlangan.
Kema ikkita reaktor va tört turbinali dvigatel bilan jihozlangan. U 260 ming ot kuçiga ega bölib, soatiga 56 km tezlikda harakatlana oladi.

www.alamy.com
Hozirda xizmatda bölgan eng yirik aviataşuvçilar
Bugungi kunda eng köp aviataşuvçi AQŞda. Şuningdek, Britaniya, Xitoy, Fransiya, Hindiston, Italiya, Turkiya va Taylandda turli rusumlardagi aviataşuvçilar bor.
AQŞ:
- «Nimits» – 1968 yildan foydalanib keladi;
- «Duayt Eyzenxauer» – 1970 yildan foydalanib keladi;
- «Karl Vinson» – 1980 yildan foydalanib keladi;
- «Teodor Ruzvelt» – 1980 yildan foydalanib keladi;
- «Avraam Linkoln» – 1984 yildan foydalanib keladi;
- «Jorj Vaşington» – 1986 yildan foydalanib keladi;
- «Jon Stennis» – 1993 yildan foydalanib keladi;
- «Harri Trumen» – 1993 yildan foydalanib keladi;
- «Ronald Reygan» – 2001 yildan foydalanib keladi;
- «Jorj Buş» – 2006 yildan foydalanib keladi;
- «Jyerald Ford» – 2013 yildan buyon foydalanib keladi.
Britaniya
- «Kuin Elizabet» – 2009 yildan foydalanib keladi;
- «Uels şahzodasi» – 2011 yildan foydalanib keladi.
Xitoy
- «Şandun» – 2017 yildan foydalanib keladi;
- «Lyaonin» – 1985 yildan foydalanib keladi (Bu kema Ukrainaniki bölib, 1998 yilda xitoyliklar uni sotib olişgan va nomini özgartirib, qayta jihozlaşgan.
Fransiya
- «Şarl de Goll» – 1994 yildan foydalanib keladi.
Hindiston
- «Vikramaditya» – 1982 yildan foydalanib keladi (Bu kemani hindlar 2013 yilda Rossiyadan sotib olişgan va «Admiral Gorşkov» nomini özgartirişgan);
- «Vikrant» – 2011 yildan foydalanib keladi.
Italiya
- «Kavur» – 2007 yildan foydalanib keladi;
- «Juzeppe Garibaldi» – 1985 yildan
Tayland
- «Çakri Narubet» – 1995 yildan buyon foydalanib keladi.

www.alamy.com
Bu röyxatda Rossiya yöq. 2019 yilda ruslarning yagona «Admiral Kuznetsov» aviataşuvçisini yengil ta’mirlaş çoğida yonğin sodir böladi. Oqibatda, ikki kişi halok böladi, köplab odamlar jarohatlanadi. Kemaga jiddiy zarar yetadi.
Şundan söng kema ta’mirlaş uçun yuboriladi. Biroq 2022 yilda aviataşuvçi ta’mirlanayotganda unda yana yonğin sodir böladi. Uning qaçon ta’mirlanişi va foydalanişga topşirilişi aniq emas. Şuningdek, AQŞning ikkita, Xitoyning bitta aviataşuvçisi hozir ta’mirda.
Hozirda AQŞ ikkita, Xitoy bitta yangi aviataşuvçi kema qurmoqda va ularni yaqin 5-10 yilda suvga tuşiriş möljallanyapti. Rossiya ham ikkita aviataşuvçi qurişni rejalaştirgan, biroq ularning qurilişi hali boşlanmagan. Qaçon foydalanişga topşirilişi ham noma’lum.

www.fxingw.com
Universal desant kemalari (yengil aviataşuvçilar)
Bunday kemalar yirik aviataşuvçilardan biroz kiçikligi va universalligi bilan ajralib turadi. Ularga kamroq samolyot va vertolyotlar joylaşadi.
Jumladan, yengil aviataşuvçi kemalarga 10 tadan 60 tagaça turli rusumdagi uçuvçi qurilmalar joylaştiriş mumkin.
Bugun dunyoda 30 ga yaqin yengil aviataşuvçi kema bölib, ularning öndan oşiği AQŞga tegişli. Yaponiyada törtta, Xitoy va Fransiyada uçtadan, Avstraliya hamda Misrda ikkitadan, Braziliya, Janubiy Koreya, Ispaniya, Turkiya, Italiyada bittadan bor. Rossiyada yöq. Ruslar ikkita yengil aviataşuvçi qurayotganini aytgan, biroq ularni qaçon foydalanişga topşirişi noma’lum.
Quyida Turkiyaning TCG Anadolu (L-400) universal desant kemasi texnik tavsifini körib çiqamiz:
- Suvga tuşirilgan sanasi – 2019 yil 30 aprel;
- Harbiylar foydalanişni boşlagan sana – 2023 yil 10 aprel;
- Uzunligi – 232 metr;
- Eni – 32 metr;
- Balandligi – 58 metr;
- Dvigatellar soni – 5 ta dizelda harakatlanuvçi dizel;
- Dvigatel quvvati – 85 000 ot kuçi;
- Ekipaj soni – 261 kişi;
- Aviatsiya guruhi – 4 ta T-129 ATAK, 8 ta As532 yoki CH-47F, 2 ta S-70B, 2 ta Anka Bayraktar uçuvçisiz qurilmalari.

www.pronews.gr
Bundan taşqari, turklarning kemasiga bir qança qurollar, desantlar foydalanadigan motorli qayiqlar, radarlar va boşqa uskunalar örnatilgan.
2015 yilda Turkiya uşbu yengil aviataşuvçi kemani qurişga 1 mlrd dollar sarflanişini ma’lum qilgandi. Keyinçalik qöşimça jihozlar bilan uning qiymati yanada oşgan. Bugungi kunda Turkiya yanada kattaroq bölgan TCG Trakya nomli ikkinçi aviataşuvçini qurmoqda.
AQŞ öz aviataşuvçilarining Yaponlarga qarşi uruşda, Koreya yarimorolidagi fuqarolar uruşida, Vetnam uruşida, 1990 yildagi Iroqqa qarşi Sahrodagi böron operatsiyasida, 1990 yillar oxirida sobiq Yugoslaviyani bombardimon qilişda, 2001 yilda Afğonistonga, 2003 yilda Iroqqa bostirib kirişda foydalangan.

www.alamy.com
Aviataşuvçilarda yuz bergan halokatlar
Ikkinçi jahon uruşidan söng aviataşuvçilar bilan boğliq bir neçta yirik halokat tufayli köplab odamlar halok bölgan.
1966 yil. AQŞga tegişli «Oriskani» aviataşuvçisida matroslardan birining ehtiyotsizligi oqibatida yonğin kelib çiqadi. Olov kemada bölgan raketalarga yetib boradi va ular portlab uçadi hamda kemaning tepa qismidagi angarda turgan samolyotlarga borib uriladi.
Oqibatda kema palubasidagi barça samolyotlar yonib ketadi. Hodisada 44 kişi halok böladi, 156 kişi jarohatlanadi.
1967 yil. Vetnam yaqinidagi Tonkin qöltiğida turgan AQŞ harbiy-dengiz kuçlariga qaraşli «Forrestol» aviataşuvçisida yonğin kelib çiqadi va buning oqibatida 134 kişi halok böladi, 161 dengizçi jarohatlanadi.
Yonğin 17 soat davom etadi va kema palubasida bölgan 21 samolyot butunlay yonib ketadi. Yonğin boşlangan paytda kemada töqqizta aviabomba bölgan va ular darhol zararsizlantirib qöyilgan. Halokatdan söng aviataşuvçi butunlay yaroqsizga aylangan.
1969 yil. Havay orollari yaqinida Vetnamga jönaşga hozirlanayotgan AQŞning «Enterprayz» aviataşuvçisida halokat sodir böladi. Samolyotlardan biri kema palubasiga qöniş paytida raketalar bilan töqnaşadi.
Oqibatda raketalar tartibsiz ravişda otilib ketadi va kemada yonğin kelib çiqadi. Yonğin yoqilği siğimigaça yetib borgandan söng portlaş sodir böladi va kema palubasida turgan samolyotlardan 15 tasi yonib ketadi.
Hodisada 27 nafar odam halok böladi, 120 nafar dengizçi jarohatlanadi. Aviataşuvçi yaroqsiz holga keladi.

navysite.de
1981 yil. «Nimits» aviataşuvçisi palubasiga qöniş paytida samolyotlardan biri vertolyotga uriladi va yonğin kelib çiqadi. Oqibatda kema palubasida bölgan 19 ta samolyot va bitta vertolyot yonib ketadi. Hodisada 14 kişi halok böladi, 39 kişi jarohatlanadi.
«Nimits» aviataşuvçisida keyinroq, 1988-1991 yillarda yana ikkita halokat sodir böladi va ularda bir qança samolyotlar yonib ketadi. Odamlar halok böladi.
2019 yil. Rossiyaga tegişli «Admiral Kuznetsov» aviataşuvçisida yengil ta’mir işlarini olib boriş paytida payvandçi ehtiyotsizlikka yöl qöyadi. Uçqun yoqilği siğimiga tuşadi va yonğin yuz beradi.
Öt öçiruvçilar olovni bir sutka deganda zörğa öçirişadi. Biroq ungaça kemaga jiddiy zarar yetib bölgandi. Şundan söng aviataşuvçi ta’mirlaşga yuboriladi.
2022 yilda «Admiral Kuznetsov»ni ta’mirlaş jarayonida yana yonğin yuz beradi. Oqibatda kemaga jiddiy zarar yetadi. Hozir Rossiyaning yagona aviataşuvçisini ta’mirlaş işlari qaçon tugaşi va kemaning jangovar safga qaytiş sanasi aniq emas.

www.alamy.com
Umumiy hisobda aviataşuvçilar bilan boğliq yuzdan oşiq halokatlar sodir bölgan va ularda köplab odamlar halok bölgan.
Ğayrat Yöldoş tayyorladi.












