Hindistondagi Fortis şifoxonasining Transplant bölimi rahbari doktor Vivek Vij Toşkentdagi Gepatologlar xalqaro anjumanida iştirok etdi. Şifokor öz sohasidagi yangi izlanişlari haqida gapirar ekan, Hindistonda davolanişni istagan bemorlar uçun kerakli tavsiyalarni ham berib ötdi.

Davolaniş uçun borgan köplab bemorlar Hindistonda aldanib qolganini eşitamiz, bunga qanday izoh bera olasiz?

Men şifokorman va bölim rahbari sifatida men ham bunday muammolarga köp duç kelaman, bunga özbek xalqining soddaligi sabab deb öylayman. Hamma uçun esida tutişi kerak bölgan ma’lumot – bemorlar xususiy şifoxonaga keladi va xususiy şifoxonaning maqsadi bemorlarga eng yaxşi muolajani taklif qiliş bilan birga, albatta, biznes va foyda topişdir.

Keling, şu örinda ba’zi bir bemorlar uçraydigan afsonalarga töxtalib ötmoqçiman:

Mablağ masalasida tuşunmovçiliklar eng köp uçraydigan muammo: “5000 dollar yoki topganingiz bilan kelavering, qolganini keyin bersangiz böladi” deyişadi. Yoki boşqa şifoxonadan farqli darajada arzon narx aytilganda, bemorlar işonib yetib borişadi. Xususiy şifoxona heç qaçon beğaraz yordam beriş maqsadida bemor qabul qilmaydi. Bemor kelganidan keyin narx ortişi yoki pulni oldindan tölaşini eşitgandan keyin örtadagi odam körinmay qoladi va bemor majburlikdan aytilgan pulni tölaşi kerak böladi. Begona yurtda har bir kuningizning çiqimini hisobga olganda, albatta, bu bemorlar qiyin ahvolga tuşadi.

Yana biri “Şu aytilgan narxdan oşmaydi”, deb berilgan va’dalardir. Odatda har bir muolaja yoki jarrohlik “paketi” böladi va unga kiritilgan va kiritilmagan xizmatlar turi mavjud. Hindistonga ketiş niyatingiz bölsa, şifoxonadan paketga nimalar kirişini va ortiqça pul nimalarga ketişi mumkinligi böyiça imkon qadar yozma şartnoma yoki tilxat oling. Bemor borganidan keyin har xil holatga tuşişi yoki biron qöşimça muolaja taklif qilinişi mumkin. Bunday holatdagi bemorlar musofir davlatda qiyin ahvolga tuşib qoladi. Hindiston tibbiyoti sifatli, lekin narxlari ham baland. Jonlantiriş bölimi xonalari kuniga $300 dan $1500 gaça bölişi mumkin, bemor esa jarrohlikka qadar ahvoli jiddiylaşişi va majbur yotişi kerak bölgan holatlar mavjud. Bizda Özbekistondagidek bepul tez yordam körsatiş xizmati mavjud emas va şoşilinç xizmat qimmat turadi.

Ayrim tibbiyot muassasalari bemorlarga donorni Hindistonning özidan topiş imkoni bor deb aytadi, bu haqiqatmi?

Hindistonda inson organlari savdosi böyiça qonun (Human Organ Trasnplantation Act - HOTA) 1994 yilda e’lon qilingan. Unga köra şifoxonalar qattiq nazoratda turadi va çet el fuqarosi boşqa davlat fuqarosiga tana a’zolarini berişi qat’iyan man qilinadi. Jasad donordan organ oliş böyiça hind fuqarolari navbatga qöyiladi – qonunga köra özbek fuqarosi ham bu navbatga turişi mumkin. Lekin hozirda 15 000 odam navbat kutyapti. Hatto Hindiston fuqarolari öz navbatiga yetib bormay hayotdan köz yumyapti. Özbekistondan ba’zi bemorlar “Hindistonda uysiz aholi köp va xohlaganingni tanlab, donorlikka olişing mumkin”, degan afsonaga işonib kelişadi, lekin bizning qonun bunga yöl qöymaydi.

Ba’zida qarindoş bölmasa ham donorlik qilişi mumkin, deb aytişadi, lekin öz obrösiga ega katta şifoxonalarda komitet hujjatlarni jiddiy tekşirib, keyin jarrohlikka ruxsat beradi. Agar noqonuniy donor bilan qölga olinsa, şifoxona ham, bemor ham jiddiy muammoga duç keladi. Şuning uçun bunday aldovlarga işonmasliklarini sörayman.

Agar donor topişda muammolar bölsa, biz ikkita usul taklif qilamiz:

Donor almaşiş – ikkita bir mamlakat fuqarolari: A bemor donori B ga va B bemor donori A bemorga tuşsa, ularning özaro kelişuviga köra donorlar almaşib transplant qilinadi.

Yana bir usul, bemor qon guruhi töğri kelmayotgan bölsa, töğrilaş uçun bir muolaja ötkazamiz va töğrilab, jarrohlikka olamiz. Bu muolaja uçun qöşimça tölov olinadi.

Barça transplant qildirmoqçi bölgan fuqarolardan odam savdosi, ya’ni noqonuniy donor böyiça aldovlardan ehtiyot bölişlarini sörab qolaman.

Ötkazilgan jarrohlikdan keyingi asoratlar haqida nima deya olasiz?

Har bir jarrohlik özi katta xavf, bemorning jarrohlik stolidan çiqib ketişi masalaning bir tomoni bölsa, jarrohlikdan keyingi hayot eng muhim qismi hisoblanadi.

Eng köp uçraydigan asoratlardan biri – jigarning qabul bölmasligi va bunga har xil sabablar bölişi mumkin. Barça bemorlar jarrohlikdan keyin şifokor nazoratida bölişi va dori dozasi bemor immun tizimiga köra özgarib turişi kerak. Afsuski, köplab bemorlar qaytganidan keyin, örtada turgan odamlari aloqani uzib qöyadi, yoki özlari befarqlik qilib, analizlarini körsatişmaydi, ba’zilar esa özboşimçalik bilan dorilarini töxtatib qöyişadi. Şu bilan immun tizim qayta uyğonişi va yangi kelgan organga hujum qilişi mumkin. Ba’zi bemorlarda esa, tabiiy immunitetidagi ba’zi hujayralar juda kuçli böladi va qilingan muolajaga qaramay, jigar işlaşdan boş tortadi. Bu holatlarda köplab bemorlarni davolaş imkoni bor, lekin ba’zi bemorlarda qaytadan transplant qilinişi kerak böladi.

Keyingi asorat bu safro yölidagi striktura, yoki safro yöli torayişi. Transplantdan keyingi safro yölidagi muammo, öt qopini olişdagi muammo kabi emas. Transplantda billiar anastamozida aylanib qolişi, yoki jigar regeneratsiyasi davridagi safro yölida torayiş hosil bölişi mumkin. Har bir inson tanasi immun tizimi ham har xil: şu tizim ulangan venalardagi çandiqning qanday bitişiga javob beradi. Ba’zi bemorda u tekis bitib, öz organizmining bir qismiday bölib ketadi, ba’zilarda esa vaqt ötgan sayin çandiq hosil qiladi va bemorda bilirubin kötarilib ketadi. Bunday hollarda eng samarali yöl – safro yölini qayta tiklaş jarrohligidir

Yangi transplantdan qaytgan bemorlarda infeksiya muammosi köp uçrab turadi. Bemorlar, albatta, tozalik qoidalariga rioya qilişi, köp odam töplanadigan joylarga çiqmasligi va virus, bakteriya, infeksiyadan saqlanişi kerak. Bemor transplantga ketişi oldidan, qaytgandan keyingi nazorat böyiça yordam olişiga işonç hosil qilibgina tayyorgarlik körişi kerak.

Telefon:   +998975824777, +998901286000

Veb-sahifa:        www.ailbsindia.com

Reklama huquqi asosida