Özbekiston 86-öringa loyiq körilgan va tinçliksevarlik «örtaça» darajali mamlakatlar qatoridan örin olgan. Özbekiston 2022 yildagi örnidan 2 öringa pastlagan.

Markaziy Osiyo vakillaridan Qozoğiston — 76, Turkmaniston — 100, Qirğiziston — 101, Tojikiston — 102-örinda joylaşgan. 

Afğoniston esa röyxatning eng sönggi — 163-örnidan joy olgan. Tinçliksevarlik darajasi «öta past» — qizil zonadan Afğonistondan taşqari, Yaman, Suriya, Janubiy Sudan, Kongo Demokratik Respublikasi, Rossiya, Ukraina, Somali, Sudan, Iroq, Mali va Markaziy Afrika Respublikasi kabi davlatlar örin olgan.

Turli taşkilotlar doirasida Özbekiston bilan hamkor davlatlardan Xitoy — 80, Gurjiston — 94, Ozarboyjon — 95, Saudiya Arabistoni — 119, Hindiston — 126, AQŞ — 131, Pokiston — 146, Turkiya va Eron — 147-örinda.

Eng xavfsiz davlatlar ön törtta bölib, ular quyidagilardan iborat: Islandiya, Daniya, Irlandiya, Yangi Zelandiya, Avstriya, Singapur, Portugaliya, Sloveniya, Yaponiya, Şveytsariya, Kanada, Çexiya, Finlandiya, Xorvatiya.

«Global tinçliksevarlik indeksi» (Global Peace Index) — Tinçlik instituti hamda Sidney universitetining tinçlik va mojarolarni örganiş markazining sotsiologlar va iqtisodçilardan iborat ekspertlar guruhi tomonidan işlab çiqiladi. U mamlakatlar va mintaqalarda yaşaş xavfsizligini körsatadi.

Bu indeks ilk marta 2007 yilda hisoblab çiqilgan. Öşanda uşbu indeks mamlakatlarni yaşaş xavfsizligiga qarab ajratişga dastlabki uriniş sifatida tilga olingan.

Manba sifatida Uppsala Conflict Data Program, The Economist Intelligence Unit, Qoçqinlar işlari böyiça BMT oliy boş komissari boşqarmasi, BMTning Survey of Criminal Trends and Operations of Criminal Justice Systems şarhi, Londondagi Kings kollejidagi International Center for Prison Studies, Xalqaro strategik tadqiqotlar institutining The Military Balance şarhi, Stokholm tinçlik muammolarini örganiş institutining Arms Transfers Database bazasidan foydalaniladi.

Xavfsizlik darajasi quyidagi 23 ta mezon böyiça hisoblab çiqiladi:

Içki va taşqi uruşlar soni, içki va taşqi uruşda ölganlar soni, taşkillaştirilgan içki mojarolar soni, qöşni davlatlar bilan munosabatlar, fuqarolar örtasidagi işonçsizlik darajasi, aholi soniga nisbatan qoçqinlar foizi, siyosiy beqarorlik, inson huquqlari hurmat qilinişi, terrorçilik aktlari ehtimoli, qotilliklar soni, oğir jinoyatlar soni, keskin namoyişlar ehtimoli, mahbuslar soni, politsiya va maxsus xizmatlar ofitserlari soni, harbiy xarajatlarning YaIMdagi uluşi, harbiy xizmatçilar soni, oddiy qurol-yaroğlar importi va eksporti, BMT, NATO va boşqa harbiy alyanslar qöşinlari safida harbiy iştirok, oğir qurol-yaroğlar soni, yengil kalibrli öqotar qurolga ega böliş darajasi, armiya imkoniyatlari va harbiy kuçlarning modernizatsiyalaşganligi.