Jahon | 20:44 / 29.11.2023
9592
8 daqiqa o‘qiladi

G‘azoda uzayishi mumkin bo‘lgan sulh, Rossiyaga yangi sanksiyalar loyihasi va chet elliklar uchun «sodiqlik bitimi» - kun dayjesti

G‘azoda davom etayotgan otashkesim rejimi yanada uzaytirilishi mumkin. Ukrainada bosh razvedkachisining rafiqasi simob va margimush bilan zaharlandi. Rossiyada safarbar qilinganlarning ayollari norozilik aksiyalar o‘tkazishmoqda. Shu va boshqa xabarlarning qisqacha tafsiloti kundalik jahon xabarlari dayjestida.

G‘azoda ikki kunga uzaytirilgan muvaqqat sulh doirasida garovdagilar va mahbuslar almashinuvi davom etdi.

«Uch kishiga bir kishi» nisbatida amalga oshiriayotgan almashinuvlar doirasida kecha HAMAS harakat 10 nafar garovda ushlab turilgan isroilliklarni Xalqaro Qizil Xoch qo‘mitasiga topshirgan. Isroil esa, o‘z navbatida, ayollar va bolalardan iborat 30 nafar mahbusni qamoqxonalardan ozod qilgan.

HAMAS o‘zi garovda ushlab turganlarni almashish bo‘yicha Isroil bilan keng qamrovli kelishuv tuzishga tayyor ekanini bildirgan. Al-Jazeera telekanali harakatning rahbariyati vakili G‘ozi Hamadning so‘zlarini keltirmoqda.

«Agar Isroilda o‘zining asirdagi odamlarini ozod qilish bo‘yicha jiddiy niyat bo‘lsa, biz keng qamrovli kelishuv tuzishga tayyormiz», — degan Hamad.

Ayni paytda HAMAS qo‘lida 7-OKTYaBR kuni olib ketilgan 200 ga yaqin inson garovda ushlab turilibdi. Harakat ularni isroil qamoqxonalarida o‘tirgan tarafdorlariga almashmoqchi.

Isroil vaqtinchalik otashkesimni yana 5 kunga cho‘zishga tayyorligini ham bildirgan. Isroil hukumati vakili Eylon Levining ta’kidlashicha, harbiy harakatlardagi hozirgi pauza yana «uch kishiga bir kishi» almashinuv sharti bilan yana 5 kunga cho‘zilishi mumkin.

«Agar HAMAS biz istagandek, garovda ushlab turilganlarni ozod etishda davom etadigan bo‘lsa, biz yana 50 nafar falastinlik ayollarni qamoqxonalardan chiqarishga ruxsat berishimiz mumkin», — degan u.

Leviga ko‘ra, HAMAS garovdagilarni qaytarishni bas qilishi hamono, ularga harbiy bosim qaytalanadi.

7 oktyabrdan buyon Isroilning G‘azoga hujumi natijasida o‘ldirilgan falastinliklar soni 15 ming kishidan oldi. Ularning 6150 nafari yosh bolalar, 4000 dan ziyodi ayollar, deb xabar beradi G‘azo hokimiyati matbuot xizmati.

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an G‘azodagi vaziyat bo‘yicha BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish bilan telefon orqali suhbatlashdi. Suhbat asnosida Erdo‘g‘an Isroil halqaro huquqni hech narsani o‘ylamasdan poymol qilayotgani va sodir etgan jinoyatlari uchun albatta javob berishi lozimligini ta’kidlagan.

Darvoqe, Bi-Bi-Si HAMAS Isroilga hujum qilish uchun uch yil tayyorgarlik ko‘rganini xabar qildi. Harakat harbiy qanoti garovga olish va aholi punktlari bo‘ylab reyd o‘tkazish mashqlarini chegaradan bir kilometr narida o‘tkazishgan. Dastlabki mashqlar 2020 yilda boshlangan. Eng so‘nggisi 2023 yilning 12 sentabrida o‘tkazilgan. Mashqlarning videolarini jangchilar ijtimoiy tarmoqlarga ham muntazam joylab borishgan. 

Ukrainaga o‘tamiz. Mamlakat razvedkasi boshlig‘i Kirill Budanovning rafiqasi Marianna Budanova uzoq vaqt davomida og‘ir metallar (simob va margimush) bilan zaharlanib kelgani ma’lum bo‘ldi.

Xuddi shunda zaharlanish Ukraina Bosh razvedka boshqarmasining bir necha xodimlarida ham kuzatilgan. Zaharlanganlarning barchasi ayni vaqtda davolanish kurslarini o‘tamoqda. Tegishli organlar tergov-surishtiruv ishlarini olib bormoqda. 

AQSh Ukrainani muzokalarga majburlayotgani haqidagi xabarlarni rad etdi. AQSh davlat departamenti kotibining Yevropa va Yevroosiyo ishlari bo‘yicha yordamchisi Jyeyms O’Brayyen AQSh va Germaniya Ukrainaga qurol-yarog‘ jo‘natishni bas qilib, Moskva bilan sulh kelishuvini imzolashga majburlayotgani to‘g‘risidagi xabarlarni rad etdi. Unga ko‘ra, Vashington Ukrainani suzokara stoliga o‘tqazishga majburlovchsi siyosat qillamayapti. «Biz doim bu Ukrainaning shaxsiy ishi, deb kelganmiz», degan u. 

NATO Bosh kotibi Yyens Stoltenberg vaqti kelsa Ukraina Shimoliy Altantika alyansiga a’zo bo‘lishini ta’kidlagan. Ammo bu qachon ro‘y berishiga aniqlik kiritmagan. «Barcha shartlar bajarilsa va ittifoqchilar rozi bo‘lsa, Kiyev taklifnoma oladi», degan u.

Stoltenberg alyans Ukraina hududida jangovar harakatlar kuchayishicha tayyor bo‘lishi, shu munosabat bilan Kiyevga harbiy yordam faollashtirilishi kerakligini ham aytgan. Bosh kotib mojaroning ehtimolli avj olishini batafsil baholashni rad etgan va «urushning rivojlanishini oldindan aytib bo‘lmaydi», degan.

Stoltenbergning bayonotlarini sharhlagan Kreml matbuot kotibi Dmitriy Peskov NATO Rossiyani tiyib turishga xizmat qilayotgani va Rossiyaga qarshi kurashda Ukraina xalqini qurbon qilayotganini aytgan. 

G7 davlatlari Ukraina xavfsizligini ta’minlash borasida uzoq muddatli kafolatlar ustida ishlamoqda. Kanada tashqi ishlar vaziri Melani Joli qanday kafolatlar haqida gap borayotganini ochiqlamagan, biroq «yaqin kunlar» ichida ko‘proq ma’lumot ochiqlanishini aytgan. Jolining so‘zlariga ko‘ra, NATO davlatlari Yaqin Sharqdagi mojaro avj olganiga qaramasdan, Ukrainaga diqqat-eʼtiborni davom ettirishlari kerak. 

Yevropa Ittifoqining 12-paketdagi sanksiyalari doirasida Rossiya olmoslari taqiqlanadi. Yevrokomissiya Rossiya olmoslarini taqiqlash to‘g‘risidagi taklifni ma’qullagan. Yaqin orada hujjat Yevropa Ittifoqiga a’zo barcha davlatlarga o‘rganib chiqish uchun jo‘natilishi mumkin.

12-paketdagi sanksiyalarga Rossiyaning raketa va pilotsiz parvoz qurilmalari ishlab chiqarish qobiliyatini susaytirishga qaratilgan choralar ham kiritiladi. Bu haqda Ukraina tashqi ishlar vaziri Dmitro Kuleba Yevroittifoq tashqi siyosat masalalari bo‘yicha oliy komissari Jozef Borrel bilan brifingda ma’lum qilgan.

Kuleba, shuningdek, Rossiyaning muzlatilgan aktivlaridan Ukrainani qayta tiklash uchun foydalanish masalasi bo‘yicha yakuniy qaror kutilayotganini ham ma’lum qilgan. 

Ukraina hududida Rossiyaning yana bir generali halok bo‘lgani xabar qilinmoqda. 14-armiya korpusi rahbarining o‘rinbosari general-mayor Vladimir Zavadskiy 28 noyabr kuni minaga duchor bo‘lib, portlab ketgan. 

Rossiyada armiyaga safarbar qilingan askarlarning rafiqalari Rossiya hokimiyatiga yangi murojaatnoma bilan chiqish qilishdi.

Safarbar qilinganlarning ayollari va qarindoshlari demobilizatsiya o‘tkazish va 2022 yilning sentabrida safarbar qilinganlarni uylariga qaytarishni talab qilishgan. Ayollar Rossiya hokimiyati vakillari «ulardan sun’iy dushman yasab, televideniye orqali ularning ustidan mag‘zava ag‘darishayotgani»ni ham ta’kidlashgan.

«Bizning o‘z hayotimiz bor edi. Uni tortib olishga qanday haqlaring bor? Bizning o‘z hayotimiz qaytarib berilsin. Bizning o‘rnimizda bo‘lmaganlar ovozimizni o‘chirishga haqli emas», — deyiladi murojaat matnida.

Kecha safarbar qilingan rossiyaliklarning rafiqalari va qarindoshlari muddatsiz safarbarlikka qarshi manifest va petitsiya e’lon qilishdi. «Bizni laqqillatishdi, sizni ham albatta aldashadi», — deb yozgan ular.

Rossiyada urushga safarbar qilingan harbiylarning ayollari butunrossiya fleshmobini ham o‘tkazishdi. Ular mashinalariga «Vernite muja» (Erimni qaytaringlar), «Vernite zyatya» (Kuyovimni qaytaringlar) kabi so‘zlar bitilgan stikerlar yopishtirib olishdi. 

Rossiya Ichki ishlar vazirligi chet el fuqarolariga Rossiyaga kirib kelish chog‘ida «sodiqlik bitimi» imzolashni taklif qilmoqda. Idora ishlab chiqqan qonun loyihasiga ko‘ra, bitim bir qancha cheklovlarni, jumladan Rossiya Federatsiyasida davlat siyosatini tanqid qilishga taqiqni nazarda tutadi.

Mavzuga oid