Testosteron gormoni dunyo davlatlarida qanday miqdorda ekani körsatuvçi örganişlar ma’lum qilindi. Turli davlatlardan töplangan yuzlab statistikalar orqali erkaklardagi testosteron miqdor tahlil qilingan. Unga köra, gormonning eng yuqori miqdori Özbekiston va Kamerunda kuzatilgan. Eng past daraja esa Çexiya, Latviya davlatlarida aniqlangan.

Eng baland testosteron
Ma’lum qilinişiça, erkaklardagi testosteron gormonining pasayişi 1980 yillar boşlarida boşlangan. Uning eng baland miqdori 2012 yillarda Rossiyaning Çita şahrida – 34 yoşli erkaklarda 1022 ng/dl darajada qayd etilgan. Hozir Çitadagi erkalarda 905 ng/dl aniqlanib, bu röyxatdagi eng yuqori raqam. Lekin bu rossiyaliklarning testosteron miqdorini aks ettirmaydi. Çunki ruslarning eng asosiy qismi Çitadan minglab kilometr uzoqda yaşaydi. Şuning uçun Rossiyadagi testosteron örtaça 545 ng/dl deb hisoblangan.

Keyingi örindagi eng baland testosteronli mamlakatlar Pokistonning Peşovar şahri bölyapti. Bu yerda 18-25 yoşlar oraliğidagi erkaklarda 2016 yillarda 1090 ng/dl miqdor bölgan. Hozir 893 ng/dl darajaga töğri keladi.

Çiangmayda (Tailand) Hmong xalqining 37 yoşlilari 975 ng/dl testosteronga ega. Örtaçasi – 884 ng/dl ga töğri keladi.
Nigeriyaning Ibadan şahrida 38 yoşli erkaklarda 940 ng/dl testosteron aniqlangan. Örtaçasi – 858 ng/dl ga töğri keladi.
Testosteron böyiça TOP5 davlat
Yuqorida eng yuqori deb keltirilgan 4 hududda testosteron miqdori baland. Lekin mamlakatlarning turli hududlarida miqdorlar örtasida katta farq bor. Şuning uçun tadqiqot aholisining asosiy qismida yuqori testosteron aniqlangan quyidagi hududlarni eng yuqori miqdor deb hisoblagan.

















