Toshkentda Amaliyotga yo‘naltirilgan ilg‘or ta’lim texnologiyalari transferi bo‘yicha Innovatsion xab –yoshlar tashabbuslari markazi tashkil etildi. Mazkur xabning muhim xususiyati O‘zbekiston yoshlarining dunyodagi amaliyotga yo‘naltirilgan eng ilg‘or ta’lim texnologiyalaridan foydalanishini ta’minlashdir. Innovatsion xabda ilk bor oliy ta’lim muassasalari uchun ham, maktabgacha ta’lim muassasalari, o‘rta maktablar, texnikumlar, kollejlar va kasb-hunar maktablari, shuningdek faoliyat yuritayotgan mahalliy korxonalarda band bo‘lgan yoshlar uchun ham mos bo‘lgan amaliyotga yo‘naltirilgan universal ta’lim vositalari taqdim etiladi. Innovatsion xabning texnologik jihozlari dunyodagi amaliyotga yo‘naltirilgan eng ilg‘or ta’lim texnologiyalarini amalga oshirishga imkon beradi, masalan:
• “Sanoat korxonalarining energiya samaradorligi va mutaxassislikka kirish” ishlab chiqarishga yo‘naltirilgan ta’lim texnologiyasi. Texnologiya respublikaning texnik oliy o‘quv yurtlari, texnikumlari, kollejlari va kasb-hunar maktablari uchun ishlab chiqilgan. Ushbu ishlab chiqarishga yo‘naltirilgan ta’lim texnologiyasi Dual ta’lim texnologiyalari va Texnik baholash markazlari asosida ishlab chiqilgan. Texnik baholash markazlari (IACs) metodologiyasi AQShning 37 universitetida joriy etilgan va AQSh Energetika vazirligi tomonidan moliyalashtiriladi. Markazlar talabalar kuchlari bilan sanoatda qo‘llash uchun energiya tejash texnologiyalari bo‘yicha tadqiqotlar olib boradilar. Yaratilganidan beri IACs dasturi energiya xarajatlarida 4,5 milliard dollardan ko‘proq mablag‘larni tejashga imkon berdi;
• Ixtirochilar va meykerlar uchun ochiq muhandislik maydoni – FabLab. FabLab konsepsiyasi Massachusets texnologik instituti tomonidan ishlab chiqilgan. FabLab yoki raqamli ishlab chiqarish laboratoriyasi – bu ijodkorlik, murabbiylik va ixtiro uchun joy, o‘rganish va innovatsiyalar makoni. Hozirda FabLab tarmog‘i dunyoning 100 dan ortiq mamlakatlaridagi 1750 FabLab laboratoriyalarini birlashtiradi;
• Maktab o‘quvchilari uchun ochiq muhandislik maydoni – FabLearn, 21-asr maktablarida tadqiqotlar va o‘qish qarashlarini birlashtiradi. FabLearn ochiq muhandislik maydoni AQShning Kolumbiya universiteti tomonidan muvofiqlashtiriladi. Dunyoning turli mamlakatlarida joylashgan ushbu maktab laboratoriyalari o‘rta va katta maktab o‘quvchilari qo‘liga raqamli ishlab chiqarish hamda ixtirochilik va innovatsiyalar uchun boshqa ilg‘or texnologiyalarni taqdim etadi;
• CDIO konsepsiyasi – Massachusets texnologiya institutida olimlar, o‘qituvchilar va sanoat vakillari ishtirokida boshlangan asosiy muhandislik ta’limini isloh qilish bo‘yicha yirik xalqaro loyihadir. Hozirda esa CDIO konsepsiyasi butun dunyo bo‘ylab 120 dan ortiq ta’lim muassasalarini birlashtiradi;






















