Rossiya va Ukraina o‘rtasida Il-76 halokatidan keyingi ilk asirlar almashinuvi. Urush suratlari
Ukrainadagi urushning 707-kuni o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar:
- Putin Belgorod yaqinidagi Il-76 samolyoti Amerikaning Patriot raketasi bilan urib tushirilganini aytdi. Shu bilan birga, u Ukraina QK samolyotni ehtiyotsizlik tufayli urib tushirgan bo‘lishi mumkinligini qayd etgan.
- Rossiya va Ukraina Il-76 halokatidan keyin ilk bor «195 ga 195» sxemasida asirlar almashinuvini o‘tkazdi. Ukraina prezidenti 207 kishi qaytarilganini ma’lum qilgan.
- YeIning besh davlati yetakchilari — Germaniya kansleri Olaf Shols, Daniya bosh vaziri Mette Frederiksen, Chexiya bosh vaziri Petr Fiala, Estoniya bosh vaziri Kaya Kallas va Niderlandiya bosh vaziri Mark Ryutte — Ukrainani qurollantirish bo‘yicha sa’y-harakatlarni kuchaytirishga chaqirishdi va Yevropa o‘q-dori yetkazib berish va’dalarini to‘liq bajara olmaganini tan olishdi.
- Rossiya mudofaa vazirligi Qrim tomonga 20 ta raketa uchirilgani haqida xabar berdi. Shundan 17 tasi Qora dengiz ustida, yana uchtasi yarimorol hududida urib tushirilgan.
- RF qo‘shini Ukrainaga dronlar va raketalar bilan hujum qildi. Ukraina QK Mikolayiv, Zaporijjya, Dnipropetrovsk, Kirovograd va Xarkiv oblastlari ustida 20 ta drondan 14 tasi urib tushirilgani haqida ma’lum qilgan. Qurbonlar va jabrlanganlar to‘g‘risida ma’lumot yo‘q.
- Sankt-Peterburgda «Nevskiy mazut» zavodi hududiga uchuvchisiz uchar qurilma quladi. Gubernator Aleksandr Beglov buni «kuchishlatar tuzilmalar e’tibor qaratishi kerak bo‘lgan hodisa» deb atagan.
- Davlat dumasi oxirgi o‘qishda armiya to‘g‘risida «feyk» tarqatishda aybdor deb topilganlarning mol-mulkini musodara qilish to‘g‘risidagi qonunni qabul qildi.
Asirlikdan qaytarilgan ukrainaliklar
RF mudofaa vazirligi 31 yanvar kuni Ukraina tomoni Rossiyaga 195 nafar harbiy asirni qaytarganini ma’lum qildi; idora ma’lumotiga ko‘ra, Moskva ham shuncha kishini Kiyevga qaytargan. «Ozod etilgan harbiy xizmatchilar Rossiya havo-kosmik kuchlari harbiy-transport samolyotlari orqali Rossiya mudofaa vazirligining tibbiyot muassalarida davolanish va qayta tiklanish uchun Moskvaga olib boriladi. Barcha ozod etilganlarga zarur tibbiy va psixologik yordamlar ko‘rsatiladi», — deyilgan xabarda.
Shu bilan birga, Volodimir Zelenskiy Ukrainaga 207 nafar harbiy qaytganini ma’lum qilgan. «Nima bo‘lishidan qat’i nazar qaytaramiz. Asirga tushgan hech bir kishini yoddan chiqarmaymiz. Xoh harbiy, xoh tinch aholi vakili bo‘lsin. Barchani qaytarishimiz kerak. Buning ustida ish olib bormoqdamiz», — degan Ukraina prezidenti.
Xarkiv o‘qqa tutilishi
30 yanvar kuni kechqurun Xarkiv oblasti harbiy ma’muriyati Oleg Sinegubov rossiyaliklarning dronlari Xarkiv bo‘ylab zarbalar berganini xabar qildi — snaryadlar Saltivka rayonidagi turar joy binosiga ham tushgan. Shahar meri Igor Terexovning ma’lumotiga ko‘ra, Slobodskiy rayonida ikkita ko‘p qavatli uyning derazalari to‘kilgan. «Uch kishi jarohatlangan — ularning barchasida jarohat yengil shaklda», — deb xabar qilgan shahar rahbari.
Donbass shimolidagi ukrain minomyotchilari
Mavzuga oid
21:00 / 12.10.2024
Ukrainadagi urushda qatnashgan o‘zbekistonlik ustidan Rossiyada sud boshlandi
19:32 / 12.10.2024
«Ukraina G‘arb siyosatida endi birinchi emas» - OAV
00:49 / 12.10.2024
NYT: sentabr Rossiya Qurolli Kuchlari uchun eng halokatli oy bo‘ldi
19:38 / 11.10.2024