Toshkentda avtobus haydovchisining ehtiyotsizligi sabab 2 nafar yo‘lovchi jarohatlandi
Haydovchi yo‘lovchilar transportga chiqib ulgurmasidan eshiklarni yopib qo‘ygan. Oqibatda ayol va uning qizi tan jarohati olgan. “Toshshahartransxizmat” holat ortidan avtobus haydovchisi bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilinganini ma’lum qildi.
Holat 1 fevral sanasida Toshkentning “Shimoliy vokzali”dan “Uchuvchilar shaharchasi”gacha harakatlanuvchi 52 avtobus bilan sodir bo‘lgan. “Toshshahartransxizmat”ning izoh berishicha, haydovchining yo‘lovchi tashish qoidalarini buzganligi, o‘ziga biriktirilgan avtobusni ehtiyotsizlik bilan boshqarib, yo‘lovchilar avtobusga chiqib bo‘lmasidan eshiklarini yopishi oqibatida 2 nafar yo‘lovchi, ayol va uning qizi tan jarohati olgan.
O‘zining xizmat vazifasini suiiste’mol qilganligi uchun AJ bu avtobus haydovchisi bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilinganligini ma’lum qildi.
“Barcha haydovchilar bilan yo‘lovchilarni xavfsiz tashish va ularni o‘z manzillariga sog‘-omon yetkazib qo‘yish eng oliy maqsadimiz ekanligi, yo‘lovchilar bilan xushmuomala bo‘lish, xizmat ko‘rsatish madaniyatini oshirish yuzasidan yana bir bor tushuntirish ishlari olib borilib, haydovchilar ustidan nazorat kuchaytirildi”, – deya qo‘shimcha qilinadi rasmiy xabarda.
“Toshshahartransxizmat”ga ko‘ra, yuqoridagi kabi holatlar kuzatilgan taqdirda AJning qisqa raqamli 1062 ishonch telefoni orqali yoki ATTO mobil ilovasi orqali murojaat qilish mumkin.
Eslatib o‘tamiz, yil boshidan beri 2 marotaba avtobuslar bilan bog‘liq noxush holat kuzatildi. 6 yanvar kuni Toshkentda Yunusobod tumanida avtobus va Matiz ishtirokida YTH yuz bergandi.
31 yanvar kuni tongda esa Uchtepa tumanida King Long rusumli avtobusning orqa qismi yo‘l chetiga chiqib ketib, transportga zarar yetgandi. O‘shanda “garmoshka” avtobus yuk mashinasi yordamida chiqarib olingandi.
Mavzuga oid
09:10 / 03.04.2024
Taksida bir martalik yo‘lovchi tashishning o‘rtacha narxi ma’lum qilindi
10:12 / 21.03.2024
6 yilda metrodan foydalangan yo‘lovchilar soni 162 mln kishiga yetdi
08:02 / 07.03.2024
Toshkent jamoat transportida bir kunda tashilgan yo‘lovchilar soni ma’lum bo‘ldi
07:51 / 01.03.2024