O‘zbekiston | 18:44 / 04.02.2024
25958
2 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda 88 marta qoida buzgan Spark haydovchisi mashinasidan ayrilishi mumkin

Foto: MIB matbuot xizmati

Toshkentda 88 marta jarimaga tushgan Spark haydovchisi jarimalarini o‘z vaqtida to‘lamagani uchun avtomobilidan ayrilishi mumkin. Bu haqda MIB matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, byuroning Uchtepa tuman bo‘limi ish yurituvida Toshkent shahar YHXBBning ma’muriy jarimalari yuzasidan qarzdor Sh.H.dan 88 marta yo‘l harakati qoidalariga rioya qilmay, buzish oqibatida 40,2 million so‘m miqdorida ma’muriy jarima qarzdorligini undirish belgilangan. 

Qarzdorga dastlab berilgan ixtiyoriy muddatda jarima summalarini to‘lamay kelgan. Oqibatda byuroning tuman bo‘limi tomonidan  majburiy ijro harakatlariga kirishilib, Toshkent shahar YHXBB bilan hamkorlikda olib borilayotgan reyd davomida harakatdan to‘xtatilib, jarima maydoniga joylashtirilgan.

Bundan tashqari, 88 marta qoida buzgan qarzdor fuqaroning Fuqarolik ishlari bo‘yicha Mirzo Ulug‘bek tumanlararo sudining 2023 yil 12 iyundagi qaroriga asosan bankdan 52,8 million so‘m miqdorida qarzdorligi borligi aniqlangan.

Shu sababli Spark bir yo‘la ikkita qarzdorlikni qoplash maqsadida auksion savdolariga chiqarilishi, sotuvdan tushgan pul mablag‘lari qarzdorliklarga yo‘naltirilishi belgilandi.

Mavzuga oid