Angliya: kuçli törtlikda ikki rokirovka
«Brentford» – «Liverpul» 1:4
Gollar: 0:1 – 35 Nuniyes, 0:2 – 55 Mak Allister, 0:3 – 68 Saloh, 1:3 – 75 Touni, 1:4 – 86 Gakpo.
«Brentford» – Flekken, Roerslev (Lyuis-Potter, 63), Mi, Ayyer, Kollinz, Regilon (Goddos, 85), Nergor (Oniyeka, 63), Yyensen (Damsgor, 74), Yanelt, Mope (Vissa, 63), Touni.
«Liverpul» – Kelleher, Bredli (Gomes, 83), van Deyk, Konate, Roberson, Endo, Mak Allister (Elliott, 83), Jons (Gravenberh, 34), Diogu Jota (Saloh, 44), Dias, Nuniyes (Gakpo, 46).
Ogohlantirişlar: Regilon (45), Endo (67), Oniyeka (72).
Şanba kungi öyinning birinçi bölimida Yurgen Klopp aralaş tuyğularni boşdan keçirdi. Bir tomondan «Liverpul» u qadar yorqin öyin körsatmadi. Boşqa tomondan — van Deyk töpni jarima maydonidan uzoqlaştirişi tufayli yoppasiga oldinga çiqib ketgan «Brentford» futbolçilari qarşi hujumni ötkazib yubordi, Nuniyes esa darvozabonni çiroyli harakat bilan doğda qoldirdi. Şu bilan birga, qizillar bir neça daqiqa oraliğida ikki muhim futbolçidan ayrildi — Jons va golli uzatma muallifi Diogu Jota maydonni erta tark etdi.
Natijada Afrika kubogidan jarohat bilan qaytgan Saloh kutilganidan ertaroq maydonga tuşişiga töğri keldi. U avvaliga biroz tonusni yöqotgandek körindi va ikki bor hujumlarni yakunlaşda sustkaşlik qildi, ammo ikkinçi bölimda aynan uning pasidan keyin Mak Allister mehmonlarning ustunligini oşirdi. Keyin esa misrlik futbolçining özi ham himoyaçilardan birining ortida oçildi va yana boşqasini aldab ötib, gol urdi. «Liverpul»ga çempionlik poygasida qolişi uçun aynan şunday yetakçi kerak edi. Gakpo esa joker vazifasini bajarib, Salohning golini takrorladi.
«Byornli» – «Arsenal» 0:5
Gollar: 0:1 – 4 Edegor, 0:2 – 41, penalti Saka, 0:3 – 47 Saka, 0:4 – 66 Trossar, 0:5 – 78 Haverts.
«Byornli» – Trafford, Assinon (Vitino, 79), ÖŞi, Estev (Teylor, 62), Delkrua, Remzi (Rodriges, 63), Braunhill, Berge, Amduni (Gudmundsson, 46), Fofana, Odober (Bruun Larsen, 80).
«Arsenal» – Rayya, Uayt (Suareş, 69), Gabriel, Saliba, Kiver, Edegor, Rays (Jorjinio, 79), Haverts (Smit-Rou, 84), Trossar (Nketia, 69), Martinelli, Saka (Nelson, 69).
Ogohlantirişlar: Remzi (8), Assinon (39), Saka (45).















