Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy The Washington Post gazetasiga intervyu berib, agar Ukraina uruşda yutqazsa Rossiya prezidenti dunyoni Rossiyaning döstlari va duşmanlariga bölişini ta’kidladi.
Quyida Zelenskiyning intervyudagi asosiy fikrlari keltiriladi.
«Agar AQŞ yordam körsatmasa Ukrainada havo hujumidan mudofaa tizimi ham, Patriot raketalari ham, radioelektron kuraş uçun çalğituvçi uskunalar ham, 155 millimetrli artilleriya snaryadlari ham bölmaydi. Demak, biz qadamma-qadam çekinişga majbur bölamiz.
Aytaylik, frontni mudofaa qiliş uçun kuniga 8 mingta snaryad kerak bölsa, sizda kuniga 2 mingta işlata oliş imkoniyati bölsa nima böladi? Albatta, çekinişga, front çiziğini qisqartirişga majbur bölasiz. Agar rossiyaliklar uni yorib ötişsa Ukrainaning yirik şaharlariga bostirib kira olişadi.
Fevral oyida Avdiyivka Rossiya tomonidan egallangaç, biz harbiylarimizning aqlli harakatlari evaziga frontni barqarorlaştira oldik. Hozirça u barqaror bölib turar ekan, Ukraina yangi qarşi hujum uçun yangi brigadalarni qurollantirişi va öqitişi mumkin. Çunki agar biz qarşi hujumni boşlamasak, uni Rossiya boşlaydi.
Men Rossiya bizda qança havo hujumidan mudofaa tizimi raketalari borligini bilişni istamasdim, lekin umuman olganda hozir Ukrainaga şaharlarni va infratuzilma obektlarini himoyalaş uçun HHM vositalari yetişmayapti. Qöllab-quvvatlovsiz bizda raketalarning ulkan taqçilligi kelib çiqadi. Bu juda katta muammo böladi. Biz özimizning HHM tizimlarimizni işlab çiqarişni tobora köpaytiryapmiz, lekin ular hozirça yetarli emas.
AQŞning Rossiya içidagi energetika obektlarga bergan zarbalarimizga reaksiyasi u qadar pozitiv bölgani yöq, lekin Vaşington Ukraina qurolidan foydalanişni çeklay olmaydi. Biz faqat özimizda işlab çiqarilgan dronlar bilan hujum qildik. Biz Rossiyani aynan şunday tölov qiliş evaziga ularni Ukraina energiya tizimiga zarba berişdan tiyib tura olamiz. Modomiki bizning energetika tizimimizni himoyalaş uçun havo hujumidan mudofaa tizimi yöq ekan va ruslar bemalol hujum qilayotgan ekan, nega biz javob bermasligimiz kerak? Rossiya ham yoqilğisiz, elektr energiyasisiz yaşaşni örganişi kerak. Mana şunisi adolatli böladi. Rossiya bizning infratuzilmamizga hujum qilişni bas qilgan zahoti biz ham töxtatamiz.
Lekin toki Rossiyada raketalar bor, bizda yöq ekan, ular öz raketalari bilan barça joylar — energetika obektlari, maktablar, zavodlar, tinç aholi binolariga hujum qilmoqda. ATACM-300 — ularga yaxşi javob böladi. Biz uzoq masofaga uça oladigan raketalardan Rossiya hududiga hujum qiliş uçun emas, Qrimdagi aerodromlarga zarba beriş uçun foydalanamiz. Rossiya biz ularning samolyotlarni yöq qila olişimiz mumkinligini tuşunganida u Qrimdan turib bizga hujum qilişni bas qiladi. Bu biz ularning öz suvlarimizdan siqib çiqargan harbiy-dengiz flotiga öxşaş hodisa böladi. Xuddi şu tarzda biz ularni Qrim aeroportlaridan ham siqib çiqaramiz.


















