«Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston» temir yo‘li qurilishi qiymati ma’lum qilindi
Ayni paytda temir yo‘l qurilishi loyihasining texnik-iqtisodiy asoslari yangilanmoqda.
«Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston» temir yo‘li qurilishini boshlashga tayyorgarlik ko‘rish ishlari yakunlandi. Bu haqda Qirg‘iziston Vazirlar Mahkamasi raisi Oqilbek Japarov ma’lum qildi.
«Barcha jarayonlar yakunlandi va bu yil biz Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston temir yo‘li qurilishi boshlanishini kutmoqdamiz. Bu bizga Qirg‘iziston, O‘zbekiston, Turkmaniston va Kaspiy dengizini o‘z ichiga olgan, O‘rta yo‘l deb ataladigan yo‘lga chiqish imkoniyatini beradi. U bizni dengizga, Yevropaga – global va boshqa tarmoqlar, temir yo‘l liniyalari va dengiz yo‘llariga olib chiqadi. Qirg‘iziston nihoyat dengizga chiqa olmagan davlat maqomini yo‘qotadi», dedi Japarov.
Unga ko‘ra, ayni paytda temir yo‘l qurilishi loyihasining texnik-iqtisodiy asoslari yangilanmoqda.
«Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston temir yo‘li qurilishiga 8 milliard dollarga yaqin mablag‘ yo‘naltiriladi», deb qo‘shimcha qildi Japarov.
Mavzuga oid
15:18
«Qarz qopqoni»: Xitoy tasarrufiga o‘tgan Shri Lanka porti
08:08 / 09.11.2024
Xitoy O‘zbekistonda mehnat migrantlari malakasini oshirish markazlarini ochadi
20:57 / 08.11.2024
Xitoy iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantirish uchun trillion dollar ajratdi
17:44 / 08.11.2024