08:14 / 17.05.2024
3403

Rossiya britaniyalik harbiy attasheni mamlakatdan chiqarib yuboryapti

Rossiya Tashqi ishlar vazirligi London Rossiyaning Britaniyadagi harbiy attashesini chiqarib yuborganidan ushbu qadam haqida e’lon qildi. Britaniya rasmiylari rossiyalikni josuslikda ayblagandi.

Rossiya Britaniyaning Londondagi rus harbiy attashesini chiqarib yuborganiga javoban Britaniyaning Moskvadagi elchixonasi mudofaa attashesi Adrian Kogxillni persona non grata deb e’lon qildi. 16 may, payshanba kuni Rossiya TIV saytida e’lon qilingan xabarga ko‘ra, unga bir hafta ichida Rossiya Federatsiyasini tark etish buyurilgan

«16 may kuni Britaniyaning Moskvadagi elchixonasi vakili Rossiya Tashqi ishlar vazirligiga chaqirilib, unga ushbu mamlakat rasmiylari tomonidan 8 may kuni mudofaa attashesi bo‘yicha qabul qilingan nodo‘stona va asossiz qaror yuzasidan keskin norozilik bildirildi. Biz bu qadamni ikki tomonlama munosabatlarga tuzatib bo‘lmaydigan ziyon yetkazuvchi, aniq rusofobik xarakterdagi harakat sifatida baholashimizni ta’kidladik», — deyiladi Rossiya Tashqi ishlar vazirligi bayonotida. 

Londonning munosabati

8 may kuni London Rossiya harbiy attashesi mamlakatdan chiqarib yuborilganini e’lon qildi. Britaniya ichki ishlar vaziri Jyeyms Kleverli rossiyalik diplomatni «yomon niyatli faoliyat» bilan shug‘ullangan «harbiy razvedka xodimi» deb atadi. Britaniyaning choralariga javoban u Rossiya hukumatidan «rusofobiya, fitna nazariyalari va isteriya ayblovlarini» eshitishini kutayotganini qo‘shimcha qildi, ammo Britaniya hukumati «aldanib qolmasligi»ni aytib o‘tdi. 

Rossiya Tashqi ishlar vazirligining Britaniya attashesini chiqarib yuborish haqidagi qarorini izohlar ekan, Kleverli buni «umidsizlik qadami» deb atadi. Vazirning so‘zlariga ko‘ra, britaniyalik diplomat «Rossiya rahbariyati nazarida Ukrainaga noqonuniy bostirib kirish fonida Britaniyaning ushbu davlatga yordam berishga sodiqligini namoyon etgan». 

Mavzuga oid
Top