09:59 / 18.05.2024
7350
Reklama

“O‘zbekinvest” tomonidan kompaniya tashkil etilganining 30 yilligini nishonlash doirasida xorijiy hamkorlar ishtirokida sug‘urta bo‘yicha mahorat darslari tashkil etildi

Bu yil “O‘zbekinvest” sug‘urta kompaniyasi tarixidagi muhim voqea – 30 yilligini nishonlamoqda. Bundan 30 yil muqaddam, 1994-yil 13-aprelda, mustaqillikning dastlabki davrida, O‘zbekiston jahon davlatlari bilan savdo va sarmoyaviy aloqalarni tizimlashtirishdagi ilk qadamlarini qo‘yayotgan bir paytda “O‘zbekinvest” milliy sug‘urta kompaniyasi tashkil etilgan edi.

Foto: O‘zbekinvest

2024-yil 17-may kuni Hilton Tashkent city mehmonxonasida “O‘zbekinvest” kompaniyasi o‘z tashkil topganining 30 yilligini nishonlash doirasida sug‘urta bo‘yicha mahorat darsini tashkil etdi. Mahorat darsiga taklif etilgan ma’ruzachilar AON Central and Eastern Europe (Buyuk Britaniya) va Lockton Limited (BAA) kabi kompaniyalarning yuqori boshqaruv mutaxassislari bo‘ldi.

Sug‘urta sohasidagi xalqaro tajribaga bag‘ishlangan mahorat darslarini o‘tkazishdan asosiy maqsad – bu kompaniya xodimlarini xorijiy kompaniyalarda sug‘urta sohasida qo‘llanilayotgan ilg‘or uslub va yondashuvlar bilan yaqindan tanishtirish edi.

Tadbir davomida O‘zbekistonda moliya bozori aniq bir maqsadga qaratilganligi, jadal rivojlanayotganligi va buning uchun barcha shart-sharoitlar yaratilib berilayotganligi ta’kidlab o‘tdi. Shuningdek, mahorat darsi ishtirokchilariga “O‘zbekinvest” kompaniyasining asosiy ko‘rsatkichlari, kompaniyaning xalqaro faoliyati to‘g‘risidagi ma’lumot, shuningdek, mutaxassislarning malakasini uzluksiz ravishda oshirib borish “O‘zbekinvest” kompaniyasi rivojlanishining asosiy strategiyasi ekanligi haqida ma’lumot berildi.

Taqdimot davomida mahorat darslari ma’ruzachilari Buyuk Britaniyada qurilish-montaj tavakkalchiligini sug‘urtalashning o‘ziga xos xususiyatlari, shuningdek, BAAda davlat-xususiy sheriklik loyihalarini sug‘urtalash tajribasi hamda O‘zbekiston sug‘urta bozoridagi yangi yo‘nalish hisoblangan san’at asarlarini sug‘urtalash haqida so‘zlab berdilar.

Bunday tadbirlarning O‘zbekistonda o‘tkazilishi xalqaro tajribani o‘rganish, iqtisodiy rivojlanishni hisobga olgan holda amaliy yechimlar ishlab chiqish, zamonaviy IT-texnologiyalar, aholi ehtiyojlarini qondirish va sug‘urta madaniyatini yuksaltirishga qaratilgan raqamli yechimlarni ishlab chiqishga xizmat qilmoqda.

Koll-markaz: (+998) 71−207−60−00, 1160

Sayt | Facebook |Instagram | Telegram | YouTube

Reklama huquqi asosida

Top